Eng ommabop mobil o‘yinlar reytingida yangi lider paydo bo‘ldi! (2020 yil sentyabr)

  •   DiMaX
  •  3697
  •  03.10.2020 11:05

Eng ommabop mobil o‘yinlar reytingida yangi lider paydo bo‘ldi! (2020 yil sentyabr)

Kecha biz Sensor Tower tahlil kompaniyasining joriy yilning uchinchi choragi holatiga ko‘ra mobil ilovalar bo‘yicha reytingini chiqargan edik. Mazkur kompaniya shu davr uchun mobil ilovalar reytingini ham e’lon qilgan.

O‘QING: Siz sevgan jangovar o‘yinida oltinchi mavsum boshlandi! (+treyler)

Qizig‘i shundaki, 2018 yili paydo bo‘lgan Among Us nomli o‘yin joriy yilning sentyabriga kelibgina o‘ta ommalashgan. Hozir u dunyo bo‘yicha smartfonlarga eng ko‘p yuklab olingan o‘yinlar reytingida yetakchi maqomiga erishgan.

Quyidagi jadvalning birinchi ustunida 2020 yilning uchinchi choragi holatiga ko‘ra har ikkala mobil platforma uchun o‘yinlarning umumiy reytingi aks etgan:

Anglab yetganingizdek, yuqoridagi jadvalning ikkinchi va uchinchi ustunlarida tegishlicha App Store hamda Google Play’dan yuklab olinishi bo‘yicha eng ommabop o‘yinlar ko‘rsatilgan.

Demak, ayni damda jahondagi eng ommabop mobil o‘yinlar o‘ntaligiga tegishlicha Among Us, Scribble Rider, Talking Tom Friends, Subway Surfers, Garena Free Fire, Cube Surfer, Stack Colors, Tie Dye, Ludo King va PUBG Mobile kirgan.

Siz-chi, bulardan qaysilarini o‘ynab turasiz?

O‘QING: OGOH BO‘LING: Bu ommabop o‘yin fanatlari o‘zlarini o‘ldira boshlashdi!