Eng ommabop Redmi smartfoni «g‘ishtga aylanib» qolyapti, Xiaomi esa jim!

  •   DiMaX
  •  3883
  •  18.12.2019 11:58

Eng ommabop Redmi smartfoni «g‘ishtga aylanib» qolyapti, Xiaomi esa jim!

Xiaomi sentyabrda Redmi Note 8 hamda Redmi Note 8 Pro smartfonlarini Xitoyda namoyish etgandi. Ular keyinchalik global talqinda ham taqdim qilinib, bir qator Yevropa va Osiyo mamlakatlarida ham sotuvga chiqdi.

O‘QING: Redmi’ning ikkita arzon flagmani rekord o‘rnatdi

AnTuTu yaqindagina chiqargan reytingga ko‘ra, Redmi Note 8 Pro o‘rta narxli smartfonlarning eng zo‘ridir. Shuningdek, ushbu qurilma dunyo bo‘ylab trenddagi telefonlar reytinglarida ham yuqori o‘rinlardan tushmay kelayotir.

Biroq ushbu gadjet Mediatek Helio G90T chipseti bazasiga qurilganligi bois Xiaomi u bilan bog‘liq noxush vaziyatlarga tushib qolayotir. Gap shundaki, tayvanlik ushbu chipsoz protsessorlari originalidan tashqari – foydalanuvchilar ishlab chiqqan norasmiy (kastom) proshivkalarni qo‘llab-quvvatlamaydi. Xiaomi esa buning aksini isbotlamoqchi bo‘lib, Redmi Note 8 Pro yadrosining chiqish kodlarini ham e’lon qilgan. Shundan so‘ng esa XDA hamjamiyatidagi nufuzli dasturchilarga ushbu smartfondan 10 donasini kastom proshivka o‘rnatib ko‘rishlari uchun jo‘natgan.

O‘QING: Foydalanuvchilar fikri: Xiaomi smartfonlarining asosiy afzalligi nimada?

Biroq dasturchilarning Redmi Note 8 Pro (sotib olish) modeliga kastom proshivka o‘rnatish bo‘yicha o‘tkazgan tajribalari Xiaomi kutganidek bo‘lib chiqmadi. Gap shundaki, smartfonni kastom rekaveri yoki mod orqali qayta proshivkalashda ham, hattoki rekaveri orqali MIUI yangilanishlarini o‘rnatishda ham qurilma «g‘ishtga aylanib» qolyapti. Bunga urinib ko‘rgan foydalanuvchilar va dasturchilar o‘z smartfonlarini blokdan chiqara olmay qolishgan.

Buning sababi esa aksariyat dasturchilar va foydalanuvchilarda avtorizatsiyadan o‘tgan Xiaomi akkaunti yo‘qligidir, deyilmoqda xabarlarda. Kompaniyaning o‘zi bu borada ma’lumot bermagan, avtorizatsiyali akkaunti mavjud bo‘lganlar esa rasmiy proshivkani tekinga qayta o‘rnatib berishmaydi. Rasmiy proshivkani qayta o‘rnatish – Redmi Note 8 Pro’larni «g‘ishtdan smartfonga aylantirish»ning yagona yo‘lidir.

Shu sababli Redmi Note 8 Pro foydalanuvchilari Twitter orqali Xiaomi’ga murojat yo‘llab, Mi akkauntini talab etmaydigan SPFlashTool versiyasini taqdim etishini so‘rashgan. Kompaniya hozircha ularga javob yoki bu borada biror rasmiy izoh bermay turibdi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, har ehtimolga qarshi, modelidan qat’i nazar, smartfoningizga chet proshivkalarni o‘rnatmaslikni tavsiya etamiz.

O‘QING: Redmi K30’ning taqdimotda aytilmagan siri fosh bo‘ldi! (+«jonli» video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!