Eng ommabop smartfonsozlar ro‘yxatidagi yangi brend naq 808% o‘sish qayd etdi!

  •   DiMaX
  •  1875
  •  29.10.2019 11:44

Eng ommabop smartfonsozlar ro‘yxatidagi yangi brend naq 808% o‘sish qayd etdi!

Oppo kompaniyasining subbrendi – Realme yaqindagina – 2018 yilning may oyida tashkil etilgan. Biroq u allaqachon o‘ziga yarasha nom hamda xaridorlar ishonchini qozonib ulgurgan.

O‘QING: Joyni bo‘shat, Xiaomi! Bozorga yangi qirol kelyapti!

Masalan, uning Realme X2 Pro flagmani o‘tgan hafta ham eng ommabop smartfonlar uchligidan joy olgandi. Texnik jihatlari kuchli bo‘lishiga qaramasdun, ushbu qurilma o‘z raqiblaridan bir yarim, hatto ayrimlaridan ikki baravarga arzon!

Counterpoint tahlil kompaniyasi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, Realme brendi atigi bir yarim yildayoq dunyoning eng ommabop smartfonsozlari reytingida kuchli yettilikka kirgan.

Realme joriy yilning uchinchi choragidayoq 10 million donadan ortiq smartfon sotishga erishgan. Agar bu raqamni 2018 yilning ayni shu davri ko‘rsatkichi bilan taqqoslasak, o‘sish naq 808 foiz ekanini ko‘ramiz – bunaqasi hali bo‘lmagan!

Ommabop smartfonsozlar reytingida Realme faqat eng kuchli brendlar – Samsung, Apple, Huawei, Xiaomi, Oppo hamda Vivo’dan keyin turibdi, xolos.

O‘QING: Eng kuchli protsessorli, lekin atigi 280 dollarlik flagmanni qarshi olamiz!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!