Eng ommalashgan iPhone’lar e’lon qilindi. iPhone X kuchli uchlikka ham kira olmadi!

  •   DiMaX
  •  1529
  •  12.09.2018 15:54

Eng ommalashgan iPhone’lar e’lon qilindi. iPhone X kuchli uchlikka ham kira olmadi!

Apple korporatsiyasining yirik taqdimot marosimi arafasida Mixpanel tahlil kompaniyasi maxsus tadqiqot natijalarini e’lon qildi. Unda dunyo bo‘ylab qaysi ayfon modellari qanchalik ko‘p ommalashgani bayon etilgan.

O‘QING: Eng benuqson iPhone modeli aniqlandi va bu...

Buni qarangki, kutilmaganda mazkur ro‘yxatning birinchi pog‘onasini iPhone 7 zabt etdi! Barcha faol ayfon egalarining 17,34 foizi ayni shu modeldan ishlatar ekan. Ikkinchi o‘rinni esa 13,01 foizlik ko‘rsatkich bilan iPhone 6s egalladi. Kuchli uchlikni yakunlab bergan iPhone 7 Plus esa 12,06 foizlik natijani namoyon etgan. Kupertinoliklarning yubiley superflagmani – iPhone X modelidan bo‘lsa undan salgina kamroq – 12 foiz yuzerlar foydalanayotgan ekan.

Ekspertlarning fikricha, «eski» modellardan ko‘pchilik foydalanayotgani 2018 yilgi iPhone’larga talab katta bo‘lishidan dalolatdir. Zero, Apple ishqibozlari iPhone Xs, iPhone Xs Max (iPhone Xs Plus) yoki iPhone 9 (iPhone Xc) modellaridan birini xarid qilishni ko‘zlab, bulturgi ayfonlardan olmay turishibdi.

O‘QING: Ikkita SIM-kartali iPhone’ni allaqachon reklama qilishyapti, narxlari ham ma’lum!

Ayni damgacha turli yillarda taqdim etilgan barcha iPhone modellaridan foydalanayotganlarning foiz hisobidagi ko‘rsatkichi quyidagicha:

  • iPhone 4 — 0,11%
  • iPhone 4S — 0,34%
  • iPhone 5 — 0,98%
  • iPhone 5c — 0,47%
  • iPhone 5s — 3,87%
  • iPhone 6 — 10,57%
  • iPhone 6 Plus — 2,63%
  • iPhone 6s — 13,01%
  • iPhone 6s Plus — 4,74%
  • iPhone SE — 4,62%
  • iPhone 7 — 17,34%
  • iPhone 7 Plus — 12,06%
  • iPhone 8 — 7,89%
  • iPhone 8 Plus — 7,89%
  • iPhone X — 12%

Eslatib o‘tamiz, kupertinolik texnogigantning ayrim modellardagi iPhone’larini O‘zbekistonning istalgan yeridan onlayn xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Terashop.uz’dagi barcha iPhone’lar narxlari – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi! (2018 yil 10 sentyabr)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!