Eng qattiq qizib ketuvchi smartfonlar e’lon qilindi

  •   DiMaX
  •  6499
  •  12.07.2019 12:43

Eng qattiq qizib ketuvchi smartfonlar e’lon qilindi

Master Lu benchmarki smartfonlarning nafaqat samaradorligini, balki qo‘shimcha ma’lumotlarni ham berib borishi bilan e’tiborga loyiq. Mazkur servisning ayrim reytinglarini e’lon qilganmiz, jumladan – antennasi eng kuchli telefonlar...

O‘QING: TOP-10: Uyali aloqa signalini eng yaxshi tutuvchi smartfonlar (2019 yil iyul)

Master Lu endi turli smartfonlarning qizib ketishi bo‘yicha reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Nokia X7 2018 va Xiaomi Mi 6X eng «qaynoq» modellar bo‘lib chiqdi.

Bunda qadimiy brend vakili eng yuqori – 40,16 darajagacha qizishi bilan rekord o‘rnatdi. «Xitoycha Apple» mahsuloti esa kun davomida qayd etilgan o‘rtacha haroratining yuqoriligi (36,41 daraja) bilan «qaynoq reyting» yetakchisi bo‘ldi.

Shuningdek, eng «qiziqqon» smartfonlar ro‘yxatiga yana Nokia X71, Sony Xperia XZ2, Xiaomi Black Shark Helo, Nokia 7 Plus hamda Meizu Note 9 modellari ham kirgan.

Bu borada eng yaxshi, ya’ni qizish darajasi past bo‘lgan smartfon esa Vivo Y81s bo‘lib chiqdi – 30,35 daraja. Umuman, «sovuqqon» smartfonlar o‘nligidan Vivo kompaniyasining eng ko‘p – to‘rtta modeli o‘rin olgan.

O‘QING: Smartfon qizib ketyaptimi? Unga kriptovalyuta virusi tushgan bo‘lishi mumkin!