Eng qimmat – 12 GB «operativka»li Galaxy S10+ benchmarklarda hammani hayron qoldirdi!

  •   DiMaX
  •  4359
  •  16.02.2019 12:15

Eng qimmat – 12 GB «operativka»li Galaxy S10+ benchmarklarda hammani hayron qoldirdi!

Samsung kompaniyasining 20 fevralda taqdim etilayotgan smartfonlari benchmarklarda tekshirib ko‘rilganida, judayam past natijalar ko‘rsatgan edi. Ammo kecha Galaxy S10+ modelining premial versiyasi bu boradagi tasavvurlarga zarba berdi!

O‘QING: Galaxy S10+ ham Geekbench’da: yana bir karra uyat, Samsung, uyat!..

Benchmarklarda yangi tekshirib ko‘rilgan Galaxy S10+ flagmani keramika korpusli versiya bo‘lib, tezkor xotirasi 12 gigabayt, ichki xotirasi esa naq 1 terabaytni tashkil etadi. Geekbench servisining yakka yadroli sinovida u 4450, ko‘p yadroli testida esa 9753 ball to‘plagan:

Ya’ni, bu qurilma barcha Android-smartfonlar orasida eng yuqori ko‘rsatkichni namoyon etgan.

O‘QING: TOP-10: eng kuchli Android-smartfonlar (AnTuTu reytingi, 2019 yil fevral)

Shuningdek, janubiy koreyaliklarning premial flagmani AnTuTu benchmarkida ham yuqori natija ko‘rsatgan:

Premial talqindagi Galaxy S10+ modeli ushbu testda 326 185 ball olgan, ammo ayni shu kuni taqdim etiladigan yana bitta flagman undan ham oshiq ko‘rsatkich namoyon etayotir...

O‘QING: Xiaomi rahbari AnTuTu’ning yangi rekordchisini e’lon qildi! (2019 yil 16 fevral)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.