Eng qimmat brendlar o‘ntaligi: Facebook nega undan chiqib ketdi?

  •   DiMaX
  •  2118
  •  17.10.2019 14:29

Eng qimmat brendlar o‘ntaligi: Facebook nega undan chiqib ketdi?

Interbrand kompaniyasi jahondagi eng qimmat brendlarning o‘ntaligini e’lon qildi. Unda bir necha yildan beri Apple yetakchilikni qo‘ldan bermay kelayotir, deb yozadi The Wall Street Journal.

O‘QING: Rossiyaning eng qimmat internet-kompaniyalaridan biri O‘zbekistonga kirmoqchi

Kupertinolik korporatsiyaning brendi 234,2 milliard dollarlik ko‘rsatkich bilan ikkinchi o‘rindagi Google brendidan bir yarim baravar, o‘ninchi pog‘onadagi kompaniyadan esa naq besh karra qimmat bo‘lib turibdi. Qidiruv gigantidan tashqari, kuchli uchlikka Amazon ham kirgan.

Mana, Interbrand Best Global Brands reytingi quyidagicha ko‘rinish olgan:

Qimmat brendlar sektorida chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi lyuks kompaniya va firmalar ketma-ket ikkinchi yili eng tez o‘suvchilari sifatida ko‘zga tashlanmoqda.

O‘QING: Facebook yana "ish ko‘rsatdi"

O‘tgan galgi reytingda yetakchi o‘ntalikka kirgan Facebook bu galgi reytingdan chiqib ketgan! Uning brendi bir yil davomida o‘z qiymatining naq 12 foizidan judo bo‘lgan. Bunga sabab esa Cambridge Analytica bilan bog‘liq mojarolar sabab bo‘lgan – unda foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari umuman himoyalanmaganligini ko‘rsatgan.

Interbrand kompaniyasining baholashlariga ko‘ra, Facebook brendining narxi yaqin-yaqinlargacha muntazam o‘sib kelgan. Biroq 2017 yilgi reytingda u 8-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2018 yilda 9-pog‘onaga tushgan. Bu yil esa Facebook umuman kuchli o‘ntalikdan ham chiqib ketgan.

O‘QING: Facebook xodimlariga iPhone'dan foydalanish taqiqlandi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!