Eng qimmat flagman DxOMark reytingida: Samsung bu sharmandalikni ko‘tara olarmikan?!. (+video)

  •   DiMaX
  •  2416
  •  22.04.2020 16:00

Eng qimmat flagman DxOMark reytingida: Samsung bu sharmandalikni ko‘tara olarmikan?!. (+video)

Smartfonlarning bosh kamerasi va selfi-kamerasi bo‘yicha DxOMark’ning ikkita reytingida ham Huawei P40 Pro yetakchilikni bermay kelyapti. Yaqin-yaqinlargacha Xiaomi Mi 10 Pro hamda Oppo Find X2 Pro modellari 124 ball bilan ikkinchi o‘rinda edi, lekin...

O‘QING: Bu smartfon DxOMark reytingida Xiaomi va OPPO’ning eng zo‘r flagmanlarini ortda qoldirdi!

DxOMark laboratoriyasi, nihoyat, Samsung korporatsiyasining eng ilg‘or va qimmat flagmani – Galaxy S20 Ultra kamerasini tekshirib bo‘lib, natijalarini e’lon qildi. Aytish kerakki, 1400 dollarlik ushbu smartfonning to‘rtta kamerasi naq 100 karralik zumga ega, asosiy sensor esa 108 megapiksellik. Xo‘sh, bunchalik kuchli va qimmat kamerofon professional baholash servisi testida qanday natija ko‘rsatishi kerak, sizningcha?

Xoh ishoning, xoh ishonmang, lekin Samsung Galaxy S20 Ultra modelining umumiy natijasi atigi 122 ballni tashkil etgan! Bunda fotosurat sifati bo‘yicha chakki emas – 132 ball olgan, ammo videos’yomka imkoniyatlariga ko‘ra atigi 102 ball!

Natijada DxOMark’ning eng yaxshi kamerofonlar reytingida Galaxy S20 Ultra bor-yo‘g‘i yettinchi o‘ringa sazovor bo‘lgan. Uning kamera tekshiruvi natijasi Honor V30 Pro bilan bir xil darajada. Aytish kerakki, yaqindagina boshqa bir – o‘rta narxli smartfoni ham kamera testida Samsung’ni sharmanda qilgan edi.

O‘QING: Galaxy S20 Ultra tannarxi hisoblandi – Samsung uni necha baravar qimmatga sotyapti?

Shu tariqa, DxOMark tomonidan ayni kungacha o‘tkazilgan tekshiruvlarga ko‘ra, eng zo‘r kamerofonlarning reytingi quyidagicha:

Guvohi bo‘lib turganingizdek, Huawei P40 Pro (128 ball), Honor 30 Pro+ (125 ball), Oppo Find X2 Pro (124 ball), Xiaomi Mi 10 Pro (124 ball) hamda Huawei Mate 30 Pro 5G (123 ball) modellari Galaxy S20 Ultra’dan yuqori o‘rinlarda.

Agarda Samsung Galaxy S20 Ultra kamera imkoniyatlarini tekshirish natijalari bilan batafsil tanishishni istasangiz, mana bu havola orqali DxOMark saytining tegishli (inglizcha) sahifasiga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Galaxy S20, S20+ va S20 Ultra’larning barcha farqlarini bittada ko‘rib chiqamiz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.