Eng qimmat Huawei hamda Xiaomi flagmanlarining kamera jangi! («jonli» video)

  •   DiMaX
  •  2854
  •  11.04.2020 16:30

Eng qimmat Huawei hamda Xiaomi flagmanlarining kamera jangi! («jonli» video)

Xiaomi korporatsiyasi bu yil boshqa smartfonsozlar telefonlarining yarim narxida flagmanlar taqdim etishni to‘xtatdi. 13 fevralda taqdim etgan navbatdagi flagmanlari – Mi 10 hamda Mi 10 Pro nafaqat sifat, balki endi narx borasida ham yuqorida.

O‘QING: Xiaomi’ning yangi rekordi: bu gal Mi 10 Pro flagmani!

Xiaomi Mi 10 Pro modeli Yevropada 1000 yevro turadi; ya’ni u endi xitoylik texnogigantning Huawei P40 Pro flagmaniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqibdir. Huawei yaqinda taqdim etgan bu kamerofon DxOMark laboratoriyasining biryo‘la ikkita reytingida taxtni zabt etgan.

TechZG nomli YouTube-kanal ushbu ikkita qimmat smartfonning kameralarini o‘zaro solishtirib video tayyorlagan. Ularning har ikkala kamerasida foto hamda video suratga olish imkoniyatlari jonli holatda taqqoslangan:

Yakuniy xulosani har kim o‘zi chiqarib oladi, ammo ayrim faktlarni ta’kidlab o‘tsa arziydi. Avvalo, Huawei P40 Pro standart sozlamalarga ko‘ra videoni keng burchakli kamerasida oladi va material sifatli chiqadi. Bu kamerofonning asosiy va old kameralarida barqarorlashtirish tizimi raqibinikidan yaxshi ishlaydi. Shuningdek, bevosita video olayotib, 15 karragacha yaqinlashtirish imkoni mavjud.

Lekin videolavha suratga olishda dinamik diapazon Xiaomi Mi 10 Pro modelida yaxshi, rasmga tushirishda esa bu yo‘nalishda ham Huawei flagmani ustun. Shuningdek, yaqinlashtirib suratga olganda mayda tafsilotlarni ham aniq ko‘rsatishi bo‘yicha baribir Xiaomi smartfoni orqada.

O‘QING: Redmi K30 Pro kamera imkoniyatlarini 2-3 baravar qimmat Mi 10 Pro, iPhone 11 Pro va Galaxy S20 Ultra bilan solishtiramiz! (ikkita video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.