Eng qimmat kompaniyalar reytingi e’lon qilindi

Eng qimmat kompaniyalar reytingi e’lon qilindi

Kompaniyalar reytingi bo‘yicha eng so‘nggi Brand Finance Global 500 hisoboti taqdim qilindi. Unga ko‘ra, qiymati qariyb 220.7 milliard dollar deb taxmin qilinayotgan Amazon ketma-ket uchinchi yil eng qimmat brend bo‘lib qolmoqda.Jeff Bezos asos solgan kompaniya qiymati 200 milliard dollardan oshgan ilk kompaniya hisoblanadi. O‘tgan yilgi ayni hisobot natijalariga taqqoslanganda, Amazon bir yil ichida 17.5% o‘sishga erishgan.

Ushbu ko‘rsatkichga kompaniyaning bulutli va striming xizmatlari, iste’mol elektronikasi hamda logistika sohalaridagi faoliyatini kengaytirgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Eng qimmat o‘nta brend ro‘yxatining top uchtaligida 159.7 milliard dollarlik Google hamda 140.5 milliardlik Apple'lar turibdi.

Keyingi o‘rinlarni mos ravishda Microsoft (117 milliard dollar), Samsung (94.4 milliard dollar) lar egallagan. Qiymati 79.5 milliard dollarga baholangan Facebook esa yettinchida. So‘nggi pog‘ona Huawei'ga nasib qildi.Yuqori pog‘onalarni egallagan 46 ta texnokompaniyaning umumiy qiymati 986.5 milliard dollarga teng bo‘ldi.

Telekommunikatsiya sektoridagi kompaniyalar qiymati esa sezirlarli darajada tushib ketdi. Bunda WhatsApp kabi tezkor xabarlashuv ilovalari sabab SMS va ovozli qo‘ng‘iroqlarga bo‘lgan talabning tushib ketgani asosiy omil bo‘lib qolmoqda. Masalan, AT&T'ning brend qiymati 32% ga pastladi. Biroq 5G telekommunikatsiya operatorlarining vaziyatini o‘nglashi mumkin.

O‘QING: Amazon rahbariga qilingan xakerlik hujumida Saudiya valiahdining qo‘li bor!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!