Eng qimmat o‘yin – Star Citizen fazoviy simulyatorini 2 dekabrgacha bepul o‘ynang! (+video)

  •   DiMaX
  •  402
  •  24.11.2020 12:27

Eng qimmat o‘yin – Star Citizen fazoviy simulyatorini 2 dekabrgacha bepul o‘ynang! (+video)

Star Citizen nomli yangi o‘yin kompyuterlarda o‘ynashga mo‘ljallab tayyorlanmoqda va hali geymerlarga to‘liq taqdim etilganicha yo‘q. Lekin uning uchun oldindan buyurtma ochilgan va xohlovchilar bu o‘yinga rekord darajada pul to‘lashyapti!

O‘QING: O‘yin yaratuvchilari qayerdan va qancha pul topadi?

Aytish kerakki, Star Citizen – kosmik simulyator janridagi o‘yin bo‘lib, geymer unda kosmopilot rolini bajaradi. Yulduzkezar fazo kemalarida sayyoralar aro uchish, ularni sozlash, shuningdek, raqiblarga qarshi jang qilish o‘ta qiziqarli kechadi.

Ushbu loyiha ishlab chiquvchilari o‘yinning qanchalik zo‘r ekanligini geymerlarga ko‘rsatish maqsadida uni vaqtincha butkul bepul qilib qo‘yishdi. Ya’ni, joriy yilning 2 dekabr sanasiga qadar mana bu havola orqali o‘tib, Star Citizen’ni butkul bupul o‘ynash mumkin. Geymerlar buning uchun o‘yin kliyentini o‘z kompyuterlariga yuklab olishlari ham lozim bo‘ladi.

O‘QING: Bir umr bepul o‘ynash uchun bu ikki o‘yinni 26 noyabrgacha olib qo‘yishga ulguring!