Eng qimmat Samsung flagmani ham DxOMark reytingida uni sharmanda qildi – Xiaomi, Vivo, Honor, Huawei va Oppo smartfonlaridan pastda!

  •   DiMaX
  •  1667
  •  06.10.2020 10:52

Eng qimmat Samsung flagmani ham DxOMark reytingida uni sharmanda qildi – Xiaomi, Vivo, Honor, Huawei va Oppo smartfonlaridan pastda!

DxOMark laboratoriyasi avvalroq eng zo‘r Samsung flagmani – Galaxy S20 Ultra kamerasini tekshirib ko‘rishganida, u atigi 122 ball olgan. Keyinroq esa Samsung Galaxy S20+ smartfoni undan ham past – bor-yo‘g‘i 118 ballik natija ko‘rsatgan.

O‘QING: Master Lu reytingida Galaxy Note 20 Ultra arzon smartfonlarga ham yengildi, g‘olib esa Xitoydan!

Endi esa DxOMark mutaxassislari bu kompaniyaning eng so‘nggi va eng qimmat flagmani – Galaxy Note 20 Ultra fabletining kamera imkoniyatlarini ham sinab ko‘rishdi. Hayron qoladigan jihati – u nafaqat past ball oldi, balki hatto Galaxy S20 Ultra’dan ham ortda qoldi!

Ko‘rib turganingizdek, Samsung Galaxy Note 20 Ultra bosh kamerasi fotoimkoniyatlari bo‘yicha 130 ball, video olish qobiliyatiga ko‘ra esa 101 ball olgan. Narxi 1300 dollardan boshlanuvchi bu flagman umumiy hisobda 121 ballik natija ko‘rsatgan, xolos!

O‘QING: Samsung har bir sotilgan Galaxy Note 20 Ultra’dan bitta flagman smartfon pulicha foyda qilyapti!

Shunday qilib, DxOMark laboratoriyasining kamerofonlar reytingida Samsung Galaxy Note 20 Ultra modeli kuchli o‘ntalikka zo‘rg‘a ilinib qolgan:

Guvohi bo‘layotganingizdek, reytingda Xiaomi, Vivo, Honor, Huawei hamda Oppo flagmanlari Galaxy Note 20 Ultra’dan yuqoriroq joy egallagan.

Agar qiziqsangiz, eng qimmat Samsung planshetofonining kamera testi tafsilotlari bilan tanishish uchun mana bu havola DxOMark saytidagi tegishli (inglizcha) sahifaga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Xitoylik bu kamerofon DxOMark reytingida Galaxy S20 Ultra va Xiaomi Mi 10 Pro’ni ham «yer tishlatdi»!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!