Eng qizib ketuvchi va eng qizimaydigan smartfonlar (Master Lu reytingi, 2020 yil 2-chorak)

  •   DiMaX
  •  3767
  •  16.07.2020 13:44

Eng qizib ketuvchi va eng qizimaydigan smartfonlar (Master Lu reytingi, 2020 yil 2-chorak)

Keyinig paytlarda ommalashib borayotgan Master Lu benchmarki jamoasi nafaqat smartfonlarning samaradorligiga ko‘ra, balki boshqa jihatlari bo‘yicha ham reytinglarni chiqaradi. Ushbu servis jamoasi ommabop telefonlarning foydalanuvchi uchun eng muhim jihatlaridan biri – ish jarayonida qanchalik qizib ketishini ham tekshirib ko‘rdi.

O‘QING: TOP-10: Maydagi smartfonlar orasida kutilmagan lider! (Master Lu reytingi)

Master Lu benchmarki 2020 yilning 2-choragi holatiga ko‘ra smartfonlarning ish harorati asosida ularning «eng sovuq» va «eng issiq»lari reytinglarini taqdim etdi.

Smartfonlarning qizib ketmasligi bo‘yicha umumiy hisobda Vivo brendi g‘olib bo‘ldi – uning qurilmalari kuchli ishlaganida ham o‘rtacha harorati Selsiy shkalasi bo‘yicha 30,56 darajani tashkil etgan. Ikkinchi o‘rindagi Samsung smartfonlari ish harorati 31,08 darajani ko‘rsatgan bo‘lsa, kuchli uchlikni Oppo brendi telefonlari 31,15 darajalik ko‘rsatkich bilan yakunlab bergan.

Ko‘rib turganingizdek, kuchli o‘nlikka yana Huawei (31,17), Smartisan (31,37), Honor (31,49), Xiaomi (32,45), Realme (33,18) brendlari kirgan. «Sovuqqon» smartfonlar o‘ntaligida Redmi, iQOO, Nubia, OnePlus, Nokia va boshqa brendlar yo‘q.

O‘QING: Qaysi smartfonlar ishlatilsa ham narxini ko‘p yo‘qotmaydi?

Alohida modellar bo‘yicha olganda ham baribir shu kompaniya vakili yetakchi – Vivo U3x smartfonining o‘rtacha ish harorati 27,96 bilan 32,60 daraja oralig‘ini tashkil etgan. Undan keyingi o‘rinlarda tegishlicha Samsung Galaxy M30s, Redmi 8, iQOO Neo 855, Redmi 8A, Vivo Y3 modellari kelmoqda. Eng qizig‘i – «sovuqqon» smartfonlar asosan hamyonbop turkumlar vakillari bo‘lib chiqyapti, flagmanlardan esa faqatgina Huawei Mate 30 Pro modeli umumiy TOP-o‘ntalikka kira olgan.

Eng «qaynoq» smartfon Xiaomi CC9 Meitu bo‘lib chiqdi – uning ish harorati 36,94 bilan 40,36 daraja o‘rtasida ekan! Shuningdek, Nokia 9 PureView kamerofoni «qiziqqon»lik bo‘yicha rekord o‘rnatgan – 43,05 darajagacha qizigan! «Qaynoq» reytingga yana Meizu Note 9, Xiaomi 9 SE, Redmi Note 7 hamda Nubia Red Devils 3 ham kirgan.

O‘QING: «Samsung, chetroq suril, Xiaomi, sen nariroqqa o‘t!» – Realme ham «beli baquvvat» arzon smartfon chiqaryapti

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!