Eng qudratli Android-smartfon aniqlandi – u yetakchi kompaniyalarga tegishli emas!

  •   DiMaX
  •  2113
  •  13.06.2018 12:37

Eng qudratli Android-smartfon aniqlandi – u yetakchi kompaniyalarga tegishli emas!

O‘tgan haftada taqdim etilgan ASUS ROG Phone smartfoni Geekbench servisida testdan o‘tkazib ko‘rildi. Benchmark bazasidagi ma’lumotlarga qaraganda, u sakkiz yadroli Snapdragon 845 protsessorli qurilmalar orasida eng yuksak samaradorlikka ega.

O‘QING: Asus ROG Phone chaqqonlikda boshqa smartfonlarni orqada qoldiradigan ko‘rinadi

Geekbench natijalariga nazar solsak, ASUS ROG Phone yakka yadroli testda 2 547 ball, ko‘p yadrolisida esa 9 534 ball to‘plagan. Bu ko‘rsatkichlar ayni shu Snapdragon 845 chipi bazasidagi OnePlus 6, Xiaomi Mi Mix 2S, HTC U12 Plus va boshqa smartfonlar ballaridan yuqori.

Mana, ASUS ROG Phone va boshqa smartfonlarning yakka yadroli sinovdagi ko‘rsatkichlari quyidagicha:

Ta’kidlash o‘rinliki, bir yadroli testlarda samaradorlik bo‘yicha yetakchi – Exynos 9810 protsessori bazasidagi Galaxy S9/S9 Plus modellari 3 700 ballga yaqin natijaga erisha olgan. Ammo barcha – sakkkizta yadrosining qo‘llanishida samaradorlik borasida Android-smartfonlar orasida hozircha ASUS ROG Phone geymerofoniga yetadigani yo‘q.

O‘QING: KUTILMAGAN VIDEO: Samsung Galaxy S9+ o‘tgan yilgi xitoylik flagmanga mag‘lub bo‘ldi!

Ko‘p yadroli testda turli flagmanlar mana bunday natijalar ko‘rsatgan:

Aftidan, bu yutuq mazkur o‘yinbop smartfonda protsessorning maksimal takt chastotasi 2,8 dan 2,96 gigagersgacha oshirilganligining natijasidir. Qurilmaning barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida ASUS ROG Phone modelida GameCool sovitish tizimi qo‘llangan. Shuningdek, bu smartfonga tashqi kuler – AeroActive Cooler ham ulash mumkin.

O‘QING: Top-10: Eng qudratli Android-smartfonlar (AuTuTu talqini)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!