Eng qudratli flagmanlar o‘ntaligi (AnTuTu reytingi, 2020 yil mart)

  •   DiMaX
  •  1585
  •  03.04.2020 13:47

Eng qudratli flagmanlar o‘ntaligi (AnTuTu reytingi, 2020 yil mart)

Mashhur AnTuTu servisi jamoasi Android tizimli eng kuchli smartfonlarning navbatdagi reytingini e’lon qildi. Mazkur ro‘yxat 2020 yilning mart oyi mobaynida ushbu benchmarkda xitoylik foydalanuvchilar tomonidan tekshirib ko‘rilgan qurilmalarning umumiy ballari asosida tuzilgan.

O‘QING: O‘z egalarini rozi qilgan TOP-10 smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil fevral)

Mart oyi reytingida yangi lider paydo bo‘ldi – Oppo kompaniyasining Find X2 Pro flagmani 606 389 ball olgan. Aytish kerakki, 6 mart kuni taqdim etilgan ushbu qurilma, atigi 48 MPlik kameraga ega bo‘lsa-da, DxOMark reytingida kamerasi 108 MPlik Xiaomi Mi 10 Pro bilan teng ball olib, yetakchi bo‘lgan edi.

Darvoqe, «Xitoycha Apple»ning aynan mana shu flagmani AnTuTu’ning o‘tgan oydagi reytingi yetakchisi edi, bu gal esa 598 572 ball to‘plab, ikkinchi o‘ringa tushib qolgan. Kuchli uchlikni standart OPPO Find X2 modeli 590 253 ballik natija bilan yakunlab bergan.

O‘QING: Eng kuchli flagmanlar va o‘rta narxli eng zo‘r smartfonlar (AnTuTu global reytingi, 2020 yil fevral)

Keyingi o‘rinlardagi kuchli smartfonlar va ularning o‘rtacha ballari esa quyidagicha:

  1. Redmi K30 Pro – 589 607 ball;
  2. Vivo iQOO 3 – 588 305 ball;
  3. Black Shark 3 Pro – 588 125 ball;
  4. Realme X50 Pro – 588 055 ball;
  5. Vivo NEX 3S 5G – 586 577 ball;
  6. Xiaomi Mi 10 – 579 550 ball;
  7. Black Shark 3 – 570 723 ball.

Ta’kidlab o‘tish kerakki, AnTuTu’ning mart oyi bo‘yicha eng samarador flagmanlar reytingiga kirgan barcha modellar Snapdragon 865 protsessoriga hamda eng yangi – LPDDR5 toifasidagi tezkor xotira chipiga ega. Shuningdek, kuchli o‘ntalikdan faqat uchta – Oppo, Xiaomi hamda Vivo kompaniyalariga va ularning subbrendlariga mansub smartfonlar joy olganligi ham e’tiborga loyiq.

O‘QING: iPhone 12’larning protsessori allaqachon Snapdragon 865’ni «yer tishlatdi»!