Eng qudratli flagmanlar o‘ntaligi (AnTuTu reytingi, 2020 yil noyabr)

  •   DiMaX
  •  1347
  •  03.12.2020 10:08

Eng qudratli flagmanlar o‘ntaligi (AnTuTu reytingi, 2020 yil noyabr)

AnTuTu benchmarkining dasturchilari Android tizimli eng tezkor flagmanlarning navbatdagi o‘ntaligini e’lon qilishdi. Mazkur reyting 2020 yilning noyabrida ushbu test ilovasida tekshirib ko‘rilgan qurilmalarning natijalarig asoslangan.

O‘QING: AnTuTu’da yangi rekord: million balldan yuqori natijaga erishgan ilk gadjet!

Eng kuchli Android-flagmanlarning oktyabrdagi reytingi g‘oliblari – Huawei kompaniyasining Mate 40 Pro+ hamda Mate 40 Pro smartfonlari bu gal ham o‘z o‘rinlarida turishibdi. Faqat kuchli uchlikdan iQOO 5 geymerofonini bu gal Xiaomi Mi 10 Ultra (Mi 10 Extreme Commemorative Edition) superflagmani surib chiqargan.

Umumiy ro‘yxat esa quyidagicha:

Reyting yetakchilari Kirin 9000 protsessori bazasiga tayangan, mazkur vaziyat to kuni kecha taqdim etilgan yangi chipset – Snapdragon 888 asosidagi flagmanlar bozorga chiqmagunicha o‘zgarmasa ham kerak.

O‘QING: Noma’lum Redmi smartfonidagi yangi MediaTek protsessori AnTuTu testida Snapdragon 865’ni mahv etdi!