«Eng qudratli Galaxy gadjetlari»ning narxlari ma’lum: 14 dyuymlik noutbuk atigi 350 dollardan!

  •   DiMaX
  •  1442
  •  24.04.2021 09:35

«Eng qudratli Galaxy gadjetlari»ning narxlari ma’lum: 14 dyuymlik noutbuk atigi 350 dollardan!

Samsung bu yilgi uchinchi Galaxy Unpacked konferensiyasini 28 aprelda o‘tkazishi, unda «eng qudratli Galaxy qurilmasi»ni namoyish etishini aytgan. Insayderlarga ko‘ra, bular – bozorga Galaxy Book Pro hamda Galaxy Book Pro 360 nomlari ostida chiquvchi noutbuklardir.

O‘QING: Rossiyada eng ommabop planshetlar va noutbuklar («Yandeks.Market» reytingi, 2021 yil boshi)

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, mazkur turkumda uchinchi Galaxy Book Go nomli noutbuklar ham bo‘ladi. Bu – Windows on Arm platformasidagi laptoplar bo‘lib, Snapdragon 7c protsessori hamda Windows 10 Home tizimi bilan ta’minlangan. Oldin bunaqa noutbuklar qimmat, ayrimlari hatto 1000 dollardan oshiq bo‘lar edi. Samsung esa, nihoyat, Windows on Arm turidagi noutbuk narxini xrombuklar darajasiga tushirishga erishdi.

Manbalarga ko‘ra, Galaxy Book Go modelining tezkor va doimiy xotirasi mos tarzda 4 va 128 gigabaytlik bazaviy varianti bor-yo‘g‘i 350 dollarga baholanadi. Bu konfiguratsiyadagi noutbuk modeli 14 dyuymlik Full HD displey bilan jihozlanmoqda.

Galaxy Book Go noutbukining qimmatroq varianti ham bo‘ladi – kompaniya uni Snapdragon 8cx chipseti, 8/256 GBlik xotira va 5G moduli bilan ta’minlamoqda, lekin narxi hozircha noma’lum.

O‘QING: Samsung ekranosti kamerali ilk devaysini ko‘rsatdi, lekin bu smartfon emas! (rasmiy video)

Galaxy Book Pro modeliga kelsak, bunisi endi to‘laqonli Wintel-mashina bo‘lib, quyidagicha narxlarga ega:

  • Ekrani 13,3 dyuymlik Galaxy Book Pro, protsessori Core i7-1165G7, 8/512 GB — 1200 dollar;
  • Ekrani 15,6 dyuymlik Galaxy Book Pro, protsessori Core i5-1135G7, 8/512 GB — 1100 dollar;
  • Ekrani 15,6 dyuymlik Galaxy Book Pro, protsessori Core i7-1165G7, 16/512 GB — 1300 dollar.

Chindan ham «eng qudratli Galaxy devaysi» bo‘ladigan Galaxy Book Pro 360 narxlari va texnik xususiyatlari haqida esa hozircha hech bir ma’lumot yo‘q. Lekin konfiguratsiyalariga ko‘ra ushbu noutbuki-transformerlar ham klassik Galaxy Book Pro laptoplari bilan bir xil bo‘lishi kutilmoqda.

O‘QING: Kompyuter qotib qolganda qaysi tugmalarni bosish kerak?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!