Eng qudratli smartfonlar (2019 yil aprel): Xiaomi’ning yap-yangi flagmani AnTuTu reytingida Mi 9’dan ham ustun keldi!

  •   DiMaX
  •  3660
  •  02.04.2019 13:43

Eng qudratli smartfonlar (2019 yil aprel): Xiaomi’ning yap-yangi flagmani AnTuTu reytingida Mi 9’dan ham ustun keldi!

Ommabop AnTuTu servisi Android tizimli eng qudratli smartfonlarning yangi reytingini e’lon qildi. Ushbu ro‘yxat joriy yilning mart oyida Xitoydagi foydalanuvchilar ushbu benchmarkda tekshirib ko‘rgan qurilmalarning o‘rtacha natijalari asosida shakllantirilgan.

O‘QING: Eng zo‘r smartfonlar o‘ntaligi (AnTuTu reytingi, 2019 yil mart): yangi qirolni qarshi oling!

Mazkur reytingda Snapdragon 855 protsessorli Xiaomi yaqinda taqdim etgan Mi 9 Transparent Edition (Explorer Edition) modeli 372 072 ball bilan mutloq g‘olib bo‘lgan. O‘tgan oy yetakchisi – standart Xiaomi Mi 9 (sotib olish) esa 371 878 ballik natija bilan ikkinchi o‘rinni band etgan. Vivo kompaniyasining 12/256 GBlik xotiraga ega iQOO Monster geymerofoni 365 430 ball bilan kuchli uchlikni yakunlab bergan.

Snapdragon 855 chipli Samsung flagmanlari – Galaxy S10+ (xarid qilish) hamda Galaxy S10 (sotib olish) esa tegishlicha 359 987 va 359 217 ballar bilan to‘rtinchi va beshinchi pog‘onalarni band etishgan. Ayni shu chip bazasida ishlovchi Vivo iQOO hamda Lenovo Z5 Pro GT smartfonlari oltinchi va yettinchi o‘rinda turibdi. O‘tgan yilgi flagman – Snapdragon 845 protsessorli Nubia Red Magic Mars sakkizinchi pog‘onada. Huawei kompaniyasining Kirin 980 chipi bazasidagi Honor V20 hamda Mate 20X modellari kuchli o‘nlikning oxiridan joy olgan.

O‘QING: AnTuTu rekordchisi Mi 9 va yap-yangi Redmi 7 ham Terashop.uz’ga keldi! Xiaomi smartfonlari yanada arzonlashdi! (2019 yil 26 mart)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.