Eng qudratli smartfonlar o‘ntaligi (AnTuTu, 2019 yil, sentyabr)

  •   DiMaX
  •  2545
  •  10.10.2019 12:26

Eng qudratli smartfonlar o‘ntaligi (AnTuTu, 2019 yil, sentyabr)

Xitoyning mashhur AnTuTu benchmarki Android-smartfonlarning samaradorlik testiga ko‘ra kuchli o‘nligini e’lon qildi. Unda joriy yilning sentyabrida mana shu servisda sinab ko‘rilgan modellarning eng qudratlilari aks etgan.

O‘QING: Redmi K20 Pro Premium taqdim etildi va AnTuTu’da kuchini ham ko‘rsatdi!

Vivo kompaniyasi yaqinda «sharshara ekranli» dunyodagi ilk smartfon – NEX 3 modelini ikki xil – 5G-modulga ega hamda mazkur chipsiz versiyalarda taqdim etgandi. O‘shanda Vivo NEX 3 5G flagmanining samaradorligi AnTuTu’da tekshirib ko‘rilganida, u 493 787 ball bilan rekord o‘rnatgandi.

Endi esa benchmarkning o‘zi rasman e’lon qilgan reytingda uning ochkosi bundan salgina pastroq, ammo baribir birinchi o‘rinda turibdi. AnTuTu’da tezkor/ichki xotirasi 8/256 GBlik Vivo NEX 3 5G modeli 483 427 ballik natija ko‘rsatgan.

Buni qarangki, reytingning ikkinchi pog‘onasini ham Vivo mahsuloti – xuddi shunday xotira konfiguratsiyasiga ega IQOO Pro 5G band etgan – 481 211 ball! Kuchli uchlikni 12 gigabaytlik operativkaga ega ASUS ROG Phone 2 geymerofoni 473 917 ochko bilan yakunlab bergan:

Kuchlilar o‘nligida to‘rtinchi, beshinchi va yettinchi pog‘onalarni Xiaomi smartfonlari – Black Shark 2 Pro (469 953 ball), Mi 9 Pro 5G (464 807 ball) hamda Redmi K20 Pro (456 237 ball – sotib olish) modellari band etgan. Orada oltinchi o‘rinni Meizu 16S Pro (460 076 ball) egallagan bo‘lsa, keyingi uchta pog‘onadan Galaxy Note 10+ 5G (449 269 ball), OnePlus 7 Pro (448 488) hamda Huawei Mate 30 Pro (445 446 ball) flagmanlari joy olishgan.

O‘QING: Har uchala iPhone 11 modeli AnTuTu’da: bor-yo‘g‘i shumi!?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.