Eng ravon interfeysli smartfonlar (Master Lu reytingi, 2021 yil mart)

  •   DiMaX
  •  1038
  •  02.04.2021 16:52

Eng ravon interfeysli smartfonlar (Master Lu reytingi, 2021 yil mart)

Kuni kecha Lenovo kompaniyasining hali namoyish etilmagan Legion 2 Pro geymerofoni Master Lu servisida samaradorlik bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatgan edi. Ushbu benchmark jamoasi endi grafik interfeysi eng silliq ishlaydigan smartfonlar ro‘yxatini chiqardi.

O‘QING: TOP-10: Eng ravon ishlovchi smartfonlar (Master Lu reytingi, 2020 yil)

Mazkur testda smartfonda fayllarni nusxalash, ish stolidagi yorliqlarning joyini almashtirish, veb-sahifalar va ilovalarning, shuningdek galereya va suratlarning yuklanish tezliklari baholanadi. Master Lu mutaxassislari mart oyi holatiga ko‘ra smartfonlarning ishlash ravonligini tekshirib ko‘rishgan va testlar natijalarini e’lon qilishgan.

Unga ko‘ra, Xiaomi bugun savdoga chiqargan Mi 11 Ultra flagmani 208,36 ballik ko‘rsatkich bilan g‘olib bo‘ldi. Aytish kerakki, ushbu model taqdimot kuniyoq DxOMark taxtini zabt etgan (+video) edi. Qurilmaning eng kuchli Snapdragon 888 chipiga, 120 gerslik ekranga hamda MIUI 12.5 grafik qobig‘iga ega ekanligi o‘z samarasini bergan.

Kuchli uchlikka Huawei flagmanining maxsus versiyasi – Mate 40 RS Porsche Design hamda eng qudratli protsessorga ega eng arzon smartfon – Realme GT ham kirgan.

O‘QING: AnTuTu reytingi: O‘z egasini rozi qilgan o‘nta Android-smartfon (2021 yil fevral)

Shuningdek, OnePlus 9 Pro flagmani ham yaxshi ball to‘plagan. Master Lu mutaxassislarining ta’kidlashlaricha, bu kompaniya smartfonlari ColorOS 11 grafik qobig‘iga o‘tgach, ishlash tezligi va ravonligi sezilarli darajada oshgan.

O‘rta narxli modellar orasida Xiaomi Mi 11 Youth Edition (Xiaomi Mi 11 Lite), Black Shark 4 hamda iQOO Neo 5 yaxshi natijalar ko‘rsatgan.

O‘QING: Uncha-munchaga o‘z narxini yo‘qotmaydigan o‘nta smartfon

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!