Eng serdaromad mobil o‘yinlar: bittasining o‘zi bir oydayoq 226 million dollardan oshiq foyda keltirdi!

  •   DiMaX
  •  2197
  •  15.06.2020 16:01

Eng serdaromad mobil o‘yinlar: bittasining o‘zi bir oydayoq 226 million dollardan oshiq foyda keltirdi!

Koronavirus pandemiyasi turli sohalarga zarba bergan bo‘lsa-da, undan boyib ketgan texnologik kompaniyalar ham bor. Bu xastalik Apple’ga yordam berdi: uning qiymati oshib, tarixiy maksimumga yetdi!

O‘QING: «Bill Geyts koronavirus bahonasida insoniyatni chiplashtirmoqchi» – bunga o‘zi nima deydi?

Lekin pandemiya o‘yinlar va ilovalar industriyalarining gullab-yashnashiga sabab bo‘ldi. Sensor Tower kompaniyasi 2020 yilning may oyi holatiga ko‘ra mobil o‘yinlarning qancha daromad keltirgani borasidagi tadqiqotlari natijalarini e’lon qildi.

Yuqoridagi skrinshotda umumiy hisobdagi, shuningdek, App Store hamda Google Play kataloglaridagi eng serdaromad mobil o‘yinlar o‘ntaliklarini ko‘rib turibmiz.

O‘QING: Musulmonlar e’tirozi bois PUBG Mobile’dan butparastlik animatsiyasi olib tashlandi

O‘tgan oyda PlayerUnknown's Battlegrounds o‘yinining smartfonlarga mo‘ljallangan – PUBG Mobile talqini eng ko‘p foyda keltirgan mobil o‘yin bo‘lgan. Ishqibozlar unga shu bir oyning o‘zidayoq 226 million dollardan oshiq pul sarflashgan. Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning shu oyida bu ko‘rsatkich 41 million dollarga kam edi.

PUBG Mobile daromadining asosiy – 53% qismi Xitoy geymerlaridan tushgan; ikkinchi o‘rinda AQSh (10,2%), uchinchi o‘rinda esa Saudiya Arabistoni (5,5%) turadi.

May oyida daromad keltirishi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Honor of Kings turibdi – geymerlar bu mobil o‘yinga 204,5 million dollar xarajat qilishgan. Mazkur ko‘rsatkich bir yil avvalgisiga nisbatan 42 foizga yuqori; daromadning naq 95 foizi xitoylik o‘yin ishqibozlaridan kelgan.

Uchinchi o‘rindagi Pokemon GO ulardan ancha kam – 82,2 million dollarlik moddiy foyda keltirgan.

O‘QING: O‘yin yaratuvchilari qayerdan va qancha pul topadi?