Eng tez ishlovchi fleshka yaratildi – 600 Mb/soniya!

  •   DiMaX
  •  519
  •  30.06.2021 17:21

Eng tez ishlovchi fleshka yaratildi – 600 Mb/soniya!

Amerikaning «Patriot Memory» kompaniyasi dunyodagi eng tez ishlaydigan USB flesh-saqlagichni ishlab chiqdi. Nomi — «Supersonic Rage Prime 3.2 Gen 2», deb yozadi Xabar.uz nashri.

O‘QING: Hokimlik xodimi kameraning xotira kartasini «yeb qo‘ydi»!

Avvalo aytish kerakki, «Supersonik» portativ SSD emas. Uning o‘lchamlari — 1 x 2,1 x 5,3 sm, og‘irligi — 8,2 gramm. Fleshka ikkinchi avlod type-A USB 3.2 interfeysi orqali ishlaydi.

Fleshka uch xil — 250 GB, 500 GB va 1 TB talqinda taklif etilmoqda. Interfeysining o‘tkazuvchanligi 10 Gbit/s.ga teng, ma’lumotlarni davomiy uzatishda 600 MB/s.gacha tezlikni ta’minlaydi. Bu xususiyati uni SATA SSD toifali saqlagichlar darajasiga ancha yaqinlashtiradi.

O‘QING: SSD yoki HDD? Agar kompyuterdan foydalansangiz albatta buni o‘qing!

Aytish kerakki, 600 Mb/soniya — yuqori tezlik, misol uchun, unda bitta filmni 1-2 soniyada ko‘chirib olish mumkin.

«Supersonic Rage Prime 3.2 Gen 2» fleshkasi Windows, Linux va MacOS operatsion tizimlariga mo‘ljallangan. Narxi 48,8 yevrodan boshlanadi.

O‘QING: Layfxak: USB-kabel va fleshkani bir urinishdayoq to‘g‘ri kiritishni o‘rganamiz!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!