Eng tez o‘sayotgan smartfonsoz yana bitta bestseller tayyorladi

  •   DiMaX
  •  2334
  •  15.01.2020 15:12

Eng tez o‘sayotgan smartfonsoz yana bitta bestseller tayyorladi

Oppo korporatsiyaga qarashli Realme brendining yutuqlari tahsinga loyiq. Kuni kecha u dunyodagi eng arzon 5G-smartfon – Realme X50 5G flagmanini taqdim etgan edi, tag‘in...

O‘QING: Bir yilda 500 foizga o‘sgan rekordchi brend birinchi bo‘lib 4G-smartfonlardan voz kechadi!

Mazkur kompaniya Hindistonda o‘tgan hafta Realme 5i rusumli arzon smartfonini namoyish qilgan edi. Endi esa Singapurning IMDA (Infocomm Media Development Authority) regulyatorida uning Realme 6i nomli yangi smartfoni sertifikatsiyadan o‘tdi.

IMDA registratsiya sahifasida yangi smartfonning birorta xususiyati ko‘rsatilmagan, faqat uning model raqami ma’lum – RMX2040.

O‘QING: Yanada arzon Redmi K30 5G sotuvga chiqdi – Realme «damini olsin»!

Shuningdek, bugun – 15 yanvarda ayni shu smartfon Malayziyaning SIRIM regulyatorida ham ro‘yxatga olingan. Unda Realme 6i to‘rtinchi avlodgacha bo‘lgan uyali aloqa standartlarini qo‘llashi, Bluetooth, GPS hamda Wi-Fi interfeyslariga ega ekanligi ko‘rsatilgan:

Ushbu brend telefonlari nomlaridagi «i» qo‘shimchasi biror modeldagi smartfonning «qirqilgan» va yanada arzon versiyasini anglatadi. Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, Realme 6i hali noma’lum Realme 6 smartfoniga o‘xshash, ammo texnik jihatdan biroz pastroq qurilmadir. Afsuski, uning taqdimot vaqti ham noma’lum, ammo arzon bo‘lishi aniq.

Oppo aynan Xiaomi’ning Redmi turkumidagi mahsulotlari bilan raqobatlashish uchun RealMe brendini tashkil etgan edi. Shunga yarasha, uning qadamlari ancha dadil...

O‘QING: Joyni bo‘shat, Xiaomi! Bozorga yangi qirol kelyapti!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!