Eng tez va eng sekin arzonlashuvchi smartfonlar: qaysilarining narxi ikki karra tez pasayadi?

  •   DiMaX
  •  2071
  •  25.01.2021 12:35

Eng tez va eng sekin arzonlashuvchi smartfonlar: qaysilarining narxi ikki karra tez pasayadi?

BankMyCell resursi smartfonlarning xarid qilinganidan keyingi arzonlashuvi bo‘yicha an’anaviy yillik hisobotini e’lon qildi. Mazkur servis trade-in (eski telefonlarni qo‘shimcha to‘lov bilan yangisiga almashtirish) dasturlari doirasidagi narxlarni solishtirishga ixtisoslashgan.

O‘QING: «Tajovuzkor» narxli Redmi Note 10 hamda Note 10 Pro: taqdimot kuni, ranglari va texnik xususiyatlari

Ma’lum bo‘lishicha, sotilganidan keyingi dastlabki 12 oy davomida iPhone’lar o‘z narxining 16,70 foizini yo‘qotar ekan. Buni qarangki, Android operatsion tizimli smartfonlarda bu ko‘rsatkich ikki baravar yuqori ekan – ular bir yilda 33,62 foizga arzonlashadi!

Xariddan ikki yil o‘tib esa iPhone’lar narxi o‘rtacha 35,70 foizga, Android-smartfonlarniki bo‘lsa 61,50 foizga arzonlashadi. To‘rt yilda bu ko‘rsatkichlar tegishlicha 66,43 hamda 81,11 foizga yetadi.

O‘QING: OUKITEL F150 chiqdi: 8000 mAs batareyali, «o‘ldirib bo‘lmas» smartfon – atigi 110 dollar! (+video)

Alohida brendlar bo‘yicha olib qaraganda, arzonlashuv tezligi bo‘yicha yetakchilar HTC (-53,08%), Motorola (-42,57%) hamda Sony (-39,51%) bo‘lib chiqqan. Smartfonlari o‘z narxini eng sekin yo‘qotadigan brendlar esa iPhone va, qanchalik g‘alati tuyulmasin, LG bilan Nokia ekan.

Apple hamda Samsung flagmanlari quyidagicha arzonlashgan:

Galaxy S20 (9 oyda -34,78%), iPhone 11 (butun 2020 yil davomida -12,84%)

Galaxy S20+ (9 oyda -30,59%), iPhone 11 Pro (butun 2020 yil davomida -21,31%)

Galaxy S20 Ultra (9 oyda -36,30%), iPhone 11 Pro Max (butun 2020 yil davomida -15,96%)

O‘QING: Realme yangi «avtonomlik monstri»ni atigi 108 dollardan sotuvga chiqardi (+video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!