Eng tez zaryadlanadigan smartfonlar top o'ntaligi

Eng tez zaryadlanadigan smartfonlar top o'ntaligi

Shubhasiz, hozirda smartfonlar kundalik hayotimizning bir qismiga aylangan. Ularga shu qadar berilib ketganmizki, ba'zan ularni quvvatlashga qo'ygandan keyingi bo'sh vaqtimizda nima qilishimizni bilmay qolamiz. Avvalari telefonlarimizni shunchaki zaryadlanishini xohlagan bo'lsak, endilikda ularning to'liq quvvatlanib olishi uchun 2 soat kutishga ham sabrimiz yetmay qolyapti. Shundan qilib, smartfonlar bozorida tezkor zaryadlash texnologiyasiga ega bo'lgan smartfonlar uchun talab yanada oshdi va kompaniyalar o'z smartfonlarini yanada tezkor zaryadlash xususiyati bilan chiqarishni boshlashdi, hatto, so'nggi ikki yildagi ayrim modellar 100 Vt tezlikda quvvatlash texnologiyasiga ega bo'ldi. 

AnTuTu benchmarki jamoasi eng tezkor zaryadlanadigan smartfonlar top o'ntaligi ro'yxatini e'lon qildi. Ro'yxat smartfonlarning 5% dan 100% gacha zaryadlanishi vaqtiga ko'ra tuzilgan bo'lib, undagi telefon 120 Vt yoki undan yuqori tezkor quvvatlash xususiyatiga ega.

Foto: AnTuTu

Ro'yxatning eng birinchi o'rnini yaqinda taqdim qilingan, dunyodagi ilk 200 Vt tezkor zaryadlashni qo'llab-quvvatlaydigan smartfon, iQOO 10 Pro egallangan va uni 5% dan 100% gacha quvvatlash uchun atigi 9 daqiqa-yu 48 soniya kifoya.

1. iQOO 10 Pro - 9 daqiqa, 48 soniya

Undan keyingi ikkinchi o'rinni besh daqiqa farq bilan egallagan smartfon ham iQOO brendiga tegishli bo'lib, u 120 Vt quvvatlanish standarti bilan ta'minlagan. Shu va uchinchi, to'rtinchi o'rin egalari bir-birlaridan soniyalarga farq qilishadi:

2. iQOO 9 Pro - 14 daqiqa, 51 soniya

3. Black Shark 5 - 14 daqiqa, 53 soniya

4. iQOO 7 -  14 daqiqa, 55 soniya

Top beshlik 15 daqiqa-yu 28 soniyada 5 foizdan 100 foizgacha quvvatlanadigan Red Magic 7S Pro bilan yakunlanadi.

5. Red Magic 7S Pro - 15 daqiqa, 28 soniya 

Ro'yxatning qolgan yarmi esa quyidagicha davom etadi:

6. Red Magic 7 Pro Transparent Edition - 16 daqiqa 47 soniya 

7. Realme GT Neo3 - 16 daqiqa 56 soniya 

8. Nubia Z30 Pro - 17 daqiqa 41 soniya

9. Red Magic 7 Transparent Edition - 18 daqiqa 26 soniya

10. Xiaomi 12S Pro - 19 daqiqa 47 soniya

Ro'yxatdagi smartfonlarning deyarli hammasi har xil batareya hajmi ega. Katta hajmdagi batareyani quvvatlash uchun esa ko'proq vaqt kerak bo'ladi. Shunday ekan AnTuTu jamoasi telefonlarning daqiqasiga qancha hajmda quvvatlanishiga oid ro'yxatni ham taqdim qildi:

Foto: AnTuTu

Ushbu ro'yxatda ham iQOO 10 Pro daqiqasiga 455.6 hajmdagi batareya zaryadlanishi bilan birinchi o'rinni olgan.

  1. iQOO 10 Pro - 455.6
  2. Red Magic 7S Pro - 307
  3. iQOO 9 Pro - 300.7
  4. Black Shark 5 - 296.8
  5.  iQOO 7 -  254.7
  6. Red Magic 7 Pro Transparent Edition - 254.7
  7. Realme GT Neo3 - 252.5
  8. Red Magic 7 Transparent Edition - 231.9
  9. Nubia Z30 Pro- 225.7
  10. Xiaomi 12S Pro - 220.9

O'QING: Samarqandda 5G tarmog‘i sinovdan o‘tkazilmoqda

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!