Eng tezkor 4G qaysi mamlakatlarda ishlaydi?

Eng tezkor 4G qaysi mamlakatlarda ishlaydi?

Kecha opensignal sayti 2016 yilga doir jahondagi eng tezkor 4G tarmog‘iga ega bo‘lgan mamlakatlar reytingini e’lon qildi. Bu yilgi hisobotga ko‘ra, jahondagi ba’zi mamlakatlardagi 4G signalining tezligi tez orada soniyasiga 50 Mbitga yetishi kuzatilmoqda. Nashrning ma’lum qilishicha, jahondagi o‘rtacha 4G signalining tezligi 17,4 Mb/soniyani tashkil qilmoqda. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan 2015 yilda soniyasiga 12,6 Mbit bo‘lgan edi.

4G-LTE-Country-Speeds-2016

2016 yil yakunlariga ko‘ra Singapur 45,9 Mbit/soniya tezlik bilan jahondagi eng tezkor 4G qoplamiga ega mamlakat deb topildi. Ikkinchi o‘rinni biroz farq bilan (45,8 Mbit/s) bilan Janubiy Koreya band qildi. Vengriya (40,6 Mbit/s), Ruminiya (35,6 Mbit/s) va Yangi Zelandiya (34,9 Mbit/s) reytingning kuchli beshligidan o‘rin olishdi. Reytingda jami 78 ta mamlakat qamrab olingan. Qozog‘iston 21,67 Mbit/s tezlik bilan ro‘yxatning 40 pog‘onasida kelmoqda.

To‘liq ro‘yxat bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!