Eng tezkor sakkizta yangi smartfon (Master Lu reytingi, 2019 yil dekabr)

  •   DiMaX
  •  2620
  •  06.12.2019 14:22

Eng tezkor sakkizta yangi smartfon (Master Lu reytingi, 2019 yil dekabr)

Terabayt.uz nashri smartfonlarning samaradorligi bo‘yicha AnTuTu, Master Lu va Geekbench singari benchmark servislari e’lon qilgan reytinglarni e’lon qilib kelmoqda. Shulardan navbatdagisi Xitoyda juda ommalashgan Master Lu servisi tomonidan taqdim etilgan.

O‘QING: TOP-10: Eng kuchli o‘yinbop smartfonlar (2019 yil, noyabr)

Mazkur reyting faqat 2019 yilning noyabr oyida savdoga chiqarilgan kuchli smartfonlarning tekshiruv natijalarini aks ettirgan. Shu boisdan ham unga Huawei Mate 30 Pro yoki Samsung Galaxy Note 10 (sotib olish) singari zo‘r flagmanlar kirmagan.

Shunday qilib, Master Lu reytingida Honor V30 Pro flagmani 171,57 ball bilan yetakchilik qilmoqda. Ushbu model hali taqdim etilmasidan burun AnTuTu benchmarkida hammani hayratga solgan edi. Standart talqindagi Honor V30 ham chakkimas – 170,52 ballik natija bilan ikkinchi o‘rinda. Bu ikki smartfon ham Kirin 990 protsessori bazasiga qurilgan.

Kuchli uchlikni 159 ball bilan Samsung Galaxy Fold buklamafoni yakunlab bergan. Snapdragon 855 protsessori va 12 GBlik tezkor xotiraga ega bo‘lgan mazkur qurilma ancha qimmat – 2300 dollar bo‘lishiga qaramay, xitoyliklar uning ilk partiyasini atigi 5 daqiqadayoq talashib tugatishgan edi.

Kuchlilar reytingida navbatdagi o‘rinlarni tegishlicha Lenovo Z6 Pro 5G, Samsung W20 5G, Xiaomi Mi CC9 Pro, Vivo S5 hamda Vivo Z5i modellari egallagan.

O‘QING: O‘tgan hafta trendda bo‘lgan top 10 smartfon (qirq sakkizinchi hafta)