Eng «tirnalmas» flagman aniqlandi! (+video)

  •   DiMaX
  •  1865
  •  06.05.2017 15:01

Eng «tirnalmas» flagman aniqlandi! (+video)

HTC U Ultra smartfonining maxsus talqiniga betakror sapfir oyna o‘rnatildi, u qurilma ekranini har qanday tirnalishlardan saqlay oladi. Chunki sapfir iPhone va Samsung Galaxy smartfonlariga o‘rnatilgan Gorilla Glass’dan ko‘ra qattiqroq, deyiladi xabarda.

YouTube’dagi JerryRigEverything kanali maxsus video suratga olib, tarmoqqa joylagan. Unda HTC U Ultra Sapphire Edition ekrani, Tissot sapfir soati hamda Galaxy S8 smartfonining «sapfir» qoplamali ekrani ustida bir xil tajribalar o‘tkazib ko‘riladi. Mana, o‘zingiz tomosha qiling-da:

Xulosalar

Natijada, video mualliflari shunday xulosaga kelishadi: HTC U Ultra Sapphire Edition ekrani – ommaviy ishlab chiqarilishga joriy etilgan smartfonlar orasida eng tirnalmas ekran ekan. Moosa qattiqlik shkalasi bo‘yicha smartfon 8 ball to‘pladi, bu esa haqiqiy sapfir qattiqligiga teng. Bu – oddiy sharoitlarda mazkur smartfonning ekranini umuman tirnab bo‘lmaydi, degani! Mana, HTC erishgan yutuq shundan iborat. Ammo uni tushirib yuborish yoki qattiq zarba berish – umuman boshqa gap, bunda sapfir osongina parchalanib ketadi.

Sotib olishga arziydimi?

Darvoqe, «sapfir» qoplama (50$ evaziga) mustahkamligi bo‘yicha oddiy plastikdan farq qilmas ekan, unga pul sarflamasangiz ham bo‘ladi.

HTC U Ultra Sapphire Edition smartfonining o‘zidan xarid qilishni istab qolgan bo‘lsangiz, sal kutishingizga to‘g‘ri keladi – Aliexpress bozorida hozircha mazkur gadjet uchramadi. Xabarda aytilishicha, Yevropada bu modeldagi 128 GB xotiraga ega qurilma 849 yevro, ya’ni – oddiy HTC U Ultra versiyasidan ko‘ra 150 yevroga qimmat turar ekan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!