Eng universal supershpion troyan bois yarim milliard dona smartfon xavf ostida

Eng universal supershpion troyan bois yarim milliard dona smartfon xavf ostida

Next-Generation Security Platform virtual himoya platformasi yaratuvchisi bo‘lgan Palo Alto Networks kompaniyasining hisob-kitoblariga ko‘ra, ayni paytda xalqaro elektron mobil platformada tarqalayotgan SpyDealer troyan virusi jahon bo‘ylab yarim milliard dona smartfonga xavf solib turibdi.

SpyDealer troyan dasturi turli messenjerlarga kirib, foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlaydi. Shuningdek, bu virus foydalanuvchilar o‘rtasidagi telefon suhbatlarini yozib oladi, SMS-xabarlarni o‘qib, qurilma kamerasida suratga oladi.

Bu troyan qanday ishlaydi?

Palo Alto kompaniyasi mutaxassislariga ko‘ra, zararli dastur Google Play Store do‘koni, GoogleService va  GoogleUpdate xizmatlari orqali tarqalmoqda. Shuningdek, bu troyan jamoat joylaridagi Wi-Fi-ulanishlar orqali ham foydalanuvchilarga tahdid soladi.

SpyDealer smartfonga kirib olgach, qurilmaga nimalar yuklab olinayotgani to‘g‘risida ma’lumotlarni olib turadi va mualliflariga hisobot beradi. U SMS-xabar orqali hakkerlardan 100 minglab turdagi buyruqlarni qabul qila oladi.

Troyan, shuningdek telefon raqami, mobil qurilmaning xalqaro identifikatori, mobil abonentning xalqaro identifikatori ma’lumotlarini, SMS va MMS xabarlarni, kontakt ro‘yxatini, telefon qo‘ng‘iroqlari tarixini, foydalanuvchi joylashgan geografik manzil va Wi-Fi tarmog‘iga ulanishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘g‘irlaydi.

Shu bilan birga, bu xavfli troyan WeChat, WhatsApp, Skype, Line, Viber, QQ, Tango, Telegram, Sina Weibo, Tencent Weibo kabi taniqli messenjerlar, Facebook ilovasi, Android brauzeri, Firefox va Oupeng brauzerlari, QQ Mail, NetEase Mail, Taobao va Baidu Net Disk kabi elektron pochta xizmatlariga kirib ham zarur ma’lumotlarni o‘g‘irlaydi. Hattoki, bu virus yordamida qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish,  skrinshotlar olish ham mumkin. Shu taxlit, bu troyan smartfondagi universal supershpionga aylanishi mumkin.

Kim xavf ostida?

Hozircha SpyDealer troyan dasturidan eng ko‘p xitoyliklar jabr ko‘rishmoqda. U asosan mahalliy kommunikatsiya ilovalariga xuruj uyushtirmoqda.

Bu "qurbon"larning aksariyati Android 2.2.x — 4.4.x, Android 5  operatsion tizimlari foydalanuvchilari bo‘lishmoqda.

Tahlillar jabrlangan mobil aloqa foydalanuvchilarining 25 foizini eskirib qolgan Andriod smartfon egalari ekanini ko‘rsatmoqda. Ekspertlarning fikricha, bu troyan tez orada Android tizimining yangi versiyalariga ham tahdid o‘tkaza boshlaydi.


Mutaxassislar smartfon operatsion tizimini imkon qadar tez-tez yangisiga almashtirib, shubhali elektron resurslraga kirmaslikni tavsiya qilishmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.