Eng xaridorgir smartfonlardan bo‘lgan Galaxy A50 ham arzonlasha boshladi!

  •   DiMaX
  •  5706
  •  27.05.2019 12:50

Eng xaridorgir smartfonlardan bo‘lgan Galaxy A50 ham arzonlasha boshladi!

Samsung kompaniyasi yangilangan Galaxy A turkumining ilk smartfonlarini taqdim etganidan atigi ikki oygina vaqt o‘tib, ularning «kichik» vakillari narxlari tushira boshlagan edi. Endi esa arzonlashuv yangi – Galaxy A50 modeliga ham yetib keldi.

O‘QING: Samsung o‘z rekordini yangiladi: Galaxy A smartfonlari zo‘r ketyapti!

Kutilganidek, bu smartfonning arzonlashuvi ham Hindiston bozoridan boshlandi. Hozirda Galaxy A50 modelining standart – 4 GBlik tezkor va 64 GBlik ichki xotiraga ega varianti 22 dollarga arzonladi. Endi hindistonliklar uni atigi 267 AQSh dollariga teng narxda xarid qilishlari mumkin.

Galaxy A50 smartfonining «katta», ya’ni 6/64 gigabaytlik xotira bilan ta’minlangan variantining narxi esa yaxshigina – 36 dollarga pasaydi. Ya’ni, endilikda Hindistonda uni 310 dollarga olish mumkin.

Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, Terashop.uz’dagi eng xaridorgir 10 smartfon ro‘yxatiga Samsung Galaxy A50 ham kirgan. Ushbu internet-do‘konda mazkur qurilmani avvalgi 2 350 000 so‘m o‘rniga endi 2 140 000 so‘m evaziga sotib olish imkoni mavjud.

O‘QING: Galaxy S10+ 5G bilan bellashuvchi Galaxy A70 ham Terashop.uz’ga yetib keldi! Samsung smartfonlari narxlari (2019 yil 7 may)

Samsung yoki boshqa ishlab chiqaruvchining smartfonini ishlatayotgan bo‘lishingizdan qat’i nazar, biz sizga omadingizni sinab ko‘rishni taklif qilamiz! Ayni damda 2 iyunga qadar sizda Xiaomi kompaniyasining ajoyib fitnes-brasleti – Mi Band 3 yutib olish imkoniyati mavjud.

Buning uchun YouTube-kanalimizga a’zo bo‘lib, ushbu video ostiga izoh yozib, «Yoqdi» tugmachasiga bossangiz kifoya. G‘olib esa saytimizning Facebook-sahifasi orqali jonli efirda aniqlanadi va ushbu omadli insonga sovg‘a o‘zi yashab turgan viloyat markazigacha bepul yetkazib beriladi! Bu haqdagi batafsil ma’lumotni mana bu yerda olishingiz mumkin.

O‘QING: Galaxy A70S – kamerasi 64 megapiksellik birinchi smartfon!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.