Eng xavfsiz smartfonlar reytingi bilan tanishing! (2019 yil fevral)

  •   DiMaX
  •  6530
  •  11.02.2019 09:59

Eng xavfsiz smartfonlar reytingi bilan tanishing! (2019 yil fevral)

Mobil qurilmalarning ma’lum miqdorda o‘zidan radiatsiya nuri chiqarishidan xabarimiz bor. Elektromagnit nurlanishi bo‘yicha eng xavfli smartfonlar reytingini kuni kecha e’lon qilganmiz.

O‘QING: Eng zararli smartfonlar o‘ntaligi (2019 yil fevral): birinchi o‘rinda – Xiaomi’ning ommabop modeli!

Bundan tashqari, Statista tahlil kompaniyasi zararli nurlarni eng kam miqdorda taratuvchi o‘n oltita smartfon modelini ham ma’lum qilgan. Unga ko‘ra, Samsung Galaxy Note 8 – bu jihatdan eng xavfsiz gadjet ekan. Kuchli uchlikka yana ZTE Axon Elite hamda LG G7 modellari ham kirgan.

Umuman olganda, bu borada Samsung yetakchi: eng xavfsiz 16 modelning naq yarmi uning mahsulotlaridir: Galaxy Note 8, Galaxy A8, Galaxy S8+, Galaxy S7 Edge, Galaxy S9+ (sotib olish), Galaxy J6+ (sotib olish), Galaxy J4+ va Galaxy S8.

O‘QING: Mobil telefonning zararini kamaytirish usullari

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!