Eng yaxshi bitiruvchilar TATUga imtihonsiz qabul qilinadi!

  •   DiMaX
  •  1744
  •  07.05.2019 17:44

Eng yaxshi bitiruvchilar TATUga imtihonsiz qabul qilinadi!

6 may kuni Marg‘ilon shahrida navbatdagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi. Tantanali ochilish marosimida AKT vaziri Shuhrat Sodiqov va Marg‘ilon shahar hokimi Mirzohid Ubaydullayev qatnashdi, deyiladi vazirlik xabarida.

O‘QING:  Qarshi oling: AKT yo‘nalishidagi yangi universitet!

E’tirof etish kerak, AKT vazirligi davlat hokimiyati organlari bilan mustahkam hamkorlikda ishlashni yo‘lga qo‘ymoqda. Avvalroq shunday hamkorlikdagi bir qator o‘quv markazlari ochilgan edi.

TATU Farg‘ona filiali direktor o'rinbosari Farhod Mulaydinov shunday deydi:

– Raqamli texnologiyalar o‘quv markazida kompyuter, robototexnika, kibero‘yinlar to'garaklari ishlaydi. Shuningdek, to‘rt xil o‘quv dasturlarini ishlab chiqish ham rejalashtirilgan. Bular: kompyuter texnologiyalari, axborot texnologiyalari, grafik tasviriy dizaynerlik, zamonaviy veb-dasturlashdir. Shuni ta’kidlash kerakki, barcha shahar va tumanlarda shunday o‘quv markazlari tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda. TATU Farg‘ona filiali talabalari bu yerda amaliyot o‘tash, trener-o‘qituvchilar bo‘lib ishlashlari yo‘lga qo‘yiladi. Ha, markaz asosan yoshlar uchundir. Biroq unda yoshidan qat’i nazar barcha istovchilar saboq olishlari mumkin. Loyihalari bo‘la turib, uni amalga oshira olmayotgan yosh tadbirkoru biznesmenlarga ham ko‘mak ko‘rsatiladi. Ular qo‘llab-quvvatlanadi. Shuningdek, bu kabi markazlarda yaxshi o‘qigan viloyat yoshlarining ikki nafariga TATUga (bir byudjet va bir to‘lov-kontrakt asosida) o‘qishga kirish imtiyozi beriladi.

 O‘QING: Oliy o‘quvga hujjatlarni onlayn topshiramiz!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.