Eng yaxshi jamoat Wi-Fi tarmog‘i Litvada

Eng yaxshi jamoat Wi-Fi tarmog‘i Litvada

184 mamlakatda keng aholi ommasiga taqdim etilgan Wi-Fi xizmati ustida tekshiruvlar o‘tkazilib va foydalanuvchilar ma’lumotiga tayanib sarlavhadagi xulosaga kelindi. Ushbu reytingda texnologik taraqqiy etgan Singapur, Buyuk Britaniya kabi davlatlardan o‘zib Boltiqbo‘yi mamlakati yetakchi o‘ringa chiqib oldi. Bu so‘nggi yillarda Litvada axborot texnologiyalari sohasiga yirik investitsiyalar kiritilayotgani samarasidir. Litvada Wi-Fi internetning o‘rtacha yuklash tezligi 16,1 Mbit/soniyani tashkil etadi.

Litvaning qo‘shnisi Estoniya 14,8 Mbit/soniya tezlik bilan ro‘yxatning ikkinchi qatorida. Uchinchi o‘rinda Singapur. Janubi-sharqiy Osiyo poytaxt-davlatida Wi-Fi tezligi 13,1 Mbit/soniya bo‘lib chiqdi. Beshlikda Shveysariya va Niderlandiya ham bor.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!