Eng yirik nashrlar Apple komissiyasiga qarshi kurashga qo‘shildi

  •   DiMaX
  •  601
  •  21.08.2020 17:46

Eng yirik nashrlar Apple komissiyasiga qarshi kurashga qo‘shildi

Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov avvalroq Apple hamda Google kompaniyalariga jiddiy ayblov qo‘ygan edi. Aniqrog‘i – ularning tegishlicha App Store va Google Play ilovalar do‘konlari orqali ham dasturchilar, ham foydalanuvchilar ustidan gegemonlik o‘rnatganini tanqid qilib, bundan qutulish yo‘llarini ham ko‘rsatgan.

O‘QING: Google hamda Apple monopoliyasiga Huawei qattiq zarba berdi!

Apple’ning ilovalar do‘koni – App Store’dagi 30% lik komissiyaga qarshi kurashga yuqori darajadagi nashriyotlar ham qo‘shildi, deb yozadi Sof.uz nashri.

O‘zi nima bo‘ldi?

Bir qator yirik nashriyotlar (NYT, News Corp., Bloomberg) Apple rahbari Tim Kukka yo‘llagan ochiq xatida App Store’dagi komissiyani Amazon’niki bilan bir xil darajaga tushirish shartlarini aniq ko‘rsatishni talab qildi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.

«Biz o‘z a’zolarimiz – yuqori sifatli raqamli kontent yaratadigan kompaniyalar Apple App Store’da Amazon o‘zining Amazon Prime Video ilovasi uchun olganidek preferensiya olishlari uchun qanday shartlarni bajarishlari kerakligini tushunishni istardik», deb yozadi Digital Content Next rahbari Jeyson Kvint. Kompaniyalarning 223 million unikal obunachilari bo‘lib, ular 100 foiz amerikaliklarni qamrab oladi, deya ta’kidladi Kvint.

Kompaniyalar 29 iyul kuni AQSh Kongressida o‘tkazilgan bir necha soatlik tinglov davomida Kukning og‘zidan chiqqan jumlaga diqqat qaratdi. O‘shanda Kongressmen tomonidan Amazon Prime uchun kamaytirilgan komissiya boshqa ishlab chiquvchilar uchun mavjudmi yoki yo‘qmi degan savolga, Kuk «hamma talablarga javob beradiganlar uchun mavjud» deb javob bergan edi.

O‘QING: Apple’ning yettita yolg‘onini Pavel Durov fosh etdi va har bir fikrini batafsil asoslab berdi

App Store bilan kurash haqida nimalar ma’lum

So‘nggi bir necha oyda Apple’ga kontent yaratuvchilar tomonidan App Store’dagi ilovalar bilan tuzilgan bitimlar bo‘yicha kompaniyaning 30 foizli komission haqini kamaytirishga qaratilgan bosimi kuchaydi. Nega bu darajadagi komissiya – bu sohani tormoz qilyapti, dedi Telegram asoschisi Pavel Durov. Dunyodagi eng mashhur onlayn o‘yinlardan biri – Fortnite o‘yinini yaratgan va komissiyalarni chetlab o‘tishga uringani uchun App Store’dan chiqarilib yuborilgan Epic Games kompaniyasi Apple’ga qarshi kurash olib bormoqda.

Apple pozitsiyasi Amazon asoschisi Jeff Bezos bilan kelishib olingani ma’lum bo‘lgandan sezilarli darajada zaiflashdi: Ayfoni bor Amazon Prime Video abonentlari uchun 15% komissiya va boshqa kanallar orqali tarqatish uchun nol foiz komissiya. Standart holatdagi (hozirda boshqalar uchun) shartlar birinchi yil davomida 30% va undan keyin 15%.

O‘QING: Telegram asoschisi barcha iPhone egalarini tashvishlantiruvchi yettita sababni aytdi

Bu nima uchun bu muhim?

Ushbu haftada Apple $2 trillionlik dovondan o‘tgan Amerikadagi birinchi va dunyodagi ikkinchi kompaniya bo‘ldi. Uning kapitallashuvi mart oyidagi ko‘rsatkichdan ikki baravar ko‘paydi. Agar Kuk boshqaruvidagi kompaniya gadjetlar ishlab chiqaruvchiligidan ekotizimga aylanmaganda, bu darajadagi bozor qiymati yaratib bo‘lmas edi: xizmatlar, shu jumladan App Store, Apple daromadining chorak qismini tashkil qiladi.

So‘nggi besh yil ichida Apple kompaniyasining daromadlaridagi iPhone sotish ulushi 63,2 foizdan (2015 yilning uchinchi moliyaviy choragidagi) 44,2 foizga (kompaniya 30 iyul kuni xabar bergan 2020 yilning uchinchi choragida) tushdi. Agar Apple xuddi shu tarzda jismoniy qurilmalarning sotilishiga bog‘liqligini davom ettirsa, COVID-19 pandemiyasi va AQSh-Xitoy savdo urushi unga ko‘proq zarar keltiradi.

Agar nashriyotlar o‘zlari uchun qisqartirilgan komissiyaga ega chiqa olsa, boshqa kompaniyalarning ham xuddi shunday yo‘l tutishiga to‘sqinlik qiladigan narsa yo‘q. Bularning barchasi Apple kompaniyasining daromadlarini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin va agar mumkin bo‘lgan antimonopol tekshiruvi kompaniyani App Store orqali emas, balki ilovalarni o‘rnatilishini ta’minlashga majbur qilsa, modelning to‘liq qulashi mumkin.

Taniqli sarmoyador Uorren Baffet Apple kompaniyasining 125 milliard dollarlik aksiyalariga egalik qiladi – ushbu aksiyalar Berkshire Hathaway aksiyalar portfelining 40 foizini tashkil qiladi.

O‘QING: Apple bosh aksioneri ham, nihoyat, Samsung tugmachali telefonini tashlab iPhone oldi, lekin...

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.