«Eng yomoni hali oldinda» – Apple bosh aksioneri yangi pandemiyadan ogohlantirdi

  •   DiMaX
  •  483
  •  02.07.2021 12:55

«Eng yomoni hali oldinda» – Apple bosh aksioneri yangi pandemiyadan ogohlantirdi

Dunyo pandemiyaga butunlay tayyor emasligi ayon bo‘lib qoldi, ammo bundan ham dahshatlilari kutmoqda. Bu haqda Buffett & Munger: A Wealth of Wisdom dasturining so‘nggi sonida Berkshire Hathaway investitsiya fondi asoschisi, milliarder Uorren Baffet aytib o‘tdi, deb yozmoqda Xabar.uz.

O‘QING: Besh yil avval koronavirusdan ogohlantirgan Bill Geyts yanada xavfliroq ofatni bashorat qildi

U koronavirus pandemiyasining favqulodda notekis iqtisodiy ta’siriga ishora qilgan. Shunday qilib, uning so‘zlariga ko‘ra, millionlab kichik korxonalar dahshatli zarba ostida qolishdi, yirik korxonalarga esa omad kulib boqdi.

Apple korporatsiyasining bosh aksioneri bo‘lgan Baffet pandemiya 2020 yil ikkinchi choragida AQSh YaIMning 31,4% pasayishiga olib kelganini ta’kidladi.

Ayniqsa, avtomobil sotuvchilari uchun omadli davr bo‘ldi: bozorda yarim o‘tkazgichlar va avtomobillar yetishmasligidan aql bovar qilmaydigan foyda olishdi.

Milliarderning kelajak haqidagi bashoratlari nihoyatda pessimistik ruhga ega. «Bu hali hammasi emas», — dedi 90 yoshli investor. Uning fikricha, dunyo dahshatli ssenariylarga tayyorgarlik ko‘rish vaqti keldi va eng yomoni hali oldinda.

«Yana bir pandemiya bo‘lishini bilamiz. Yadroviy, kimyoviy, biologik va ayni paytda kiber tahdid mavjudligini ham bilamiz. Ularning har biri dahshatli oqibatlarga olib keladi. Bu borada qandaydir ishlarni bajaryapmiz, ammo yetarli emas», — dedi Baffet.

O‘QING: Apple bosh aksioneri ham, nihoyat, Samsung tugmachali telefonini tashlab iPhone oldi, lekin...