Eng zamonaviy qurol-aslahalar nimaga qodir?

Eng zamonaviy qurol-aslahalar nimaga qodir?

Ikkinchi jahon urushi tugagach, qurollanish poygasi avj oldi. Urush vahimasi davlatlarni sergaklantirgan va “tinchlik istasang – urushga tayyorlan”, aqidasini mustahkamlagan edi. Olti yil dahshatlari zamonaviy qurollar yasalishiga turtki berdi. Bugunga kelib hujum va mudofaada qo‘llanadigan o‘ta ilg‘or qurollarni ko‘rishimiz mumkin.

“Avatar” va “Ris-BP” biomorflari

“Avatar” va “Ris-BP” jangovar robotlari razvedka ishlari va yuk tashishni uddalay oladi. “Ris-BP”ning to‘rt oyog‘i bo‘lib, pulemyot yoki tankka qarshi boshqariluvchi raketa bilan jihozlanadi. Biomorf istalgan joyda harakatlana oladi, jumladan, 40 sm suv ostida yurishi, 50 sm balandlikka sakrab chiqishi hamda o‘nqir-cho‘nqirlarda odimlashi mumkin.

“Ris-BP”ning maksimal tezligi soatiga 15 km, o‘nqir-cho‘nqirlarda esa 10 km.

“Avatar” roboti to‘siqlardan o‘tadi, hatto transport vositasini haydashi mumkin. U dastavval qutqaruv ishlari uchun yasalgan, ammo endilikda zimmasiga jangovar vazifa yuklanmoqda. Bundan tashqari, ochiq fazoda fazogir-operator kuzatuvida ish yuritadi.

Suvosti robotlari

RFning Harbiy dengiz floti uchun teleboshqaruvli “Gavia”, “Marlin” va “Pantera” robotlari ishlab chiqarildi. “Gavia” operator oldindan belgilagan yo‘nalish bo‘yicha yurib ma’lumot to‘playdi, razvedka ishlarini bajarishi mumkin, bundan tashqari qirg‘oqni qo‘riqlash, minadan tozalash ishlarini bajaradi. “Marlin” 350 metrgacha chuqurlikda bo‘lgan ob’yektlarni qidirib, g‘avvoslar og‘irini yengil qiladi. “Pantera” esa cho‘kkan ob’yektlarni qidirish, tadqiq qilish va 105 kggacha yuklarni olib chiqish uchun yaratilgan.

Tankchisiz tank

Dong‘i ketgan “Armata” tanki ham kelajakda robotga aylanishi mumkin. Tank ishlab chiqaruvchi “Uralvagonzavod” buyurtma olishi bilanoq boshqaruvchisiz tank yasab berishni va’da qilyapti. Korporatsiya rahbari Oleg Siyenkoning so‘zlariga qaraganda bu ko‘p vaqt olmaydi.

“Armata” platformasidagi T-15 og‘ir BMP

Uchar zenitkalar

BMD-4M “Sadovnitsa” asosidagi zenit kompleksi “Ptitselov” tajribaviy-konstruktorlik ishlari doirasida olib borilyapti. “Uchar zenitka” parashyut uslubida tushadi va o‘ta balanddagi hujumlarni qaytara oladi. Bundan tashqari, desant uchun BTR-MDM “Rakushka” bronetransporteri yaratilgan. Ikkala mashina ham qurol-aslahalangan.

МВСВ-2008даги БМД-4 – Мудофаа вазирлигининг экспозицияси.

MVSV-2008dagi BMD-4 – Mudofaa vazirligining ekspozitsiyasi.

Bombaning o‘zi nishonga oladi

Rossiyaning o‘zi nishonga oluvchi bombalari Suriyada Islomiy davlatga qarshi jangda sinab ko‘rildi. Tank va boshqa bronetexnikaga qarshi aviatsion bombalar o‘zi nishonga oluvchi jangovar elementlar bilan ta’minlanmoqda. Element taxminiy nishon yaqiniga parashyutda tushiriladi. So‘ng u atrofni infraqizil tizim yordamida skanerlaydi va nishon aniqlanganda soniyasiga 2 km tezlikda 1 kgli mis o‘qlarni otadi. U 70 mmli zirhni teshishga qodir.

Sapyorsiz minasizlantirish

Minasizlantiruvchi UR-77 “Meteorit” qurilmasi 1977 yilda tayyorlangan, ammo bugunga kelib qo‘llanmoqda. O‘tochar qudrati yuqoriligi uchun ruslar “Zmey Gorinich” deb ataydi. Snaryadlar o‘ziyurar “Gvozdika” gaubitsasiga biriktiriladi. Raketa ortida uzunligi 1 kmgacha shnur bo‘lib, portlovchi modda bilan to‘ldirilgan va oxiri berkitilgan. Shnur tortib portlatilishi natijasida tank uchun 6 m kenglikda yo‘l ochiladi.

Минасизлантирувчи УР-77 қурилмаси

Minasizlantiruvchi UR-77 qurilmasi

Elektronikani bo‘g‘uvchi mikroto‘lqinlar

Atrofdagi dushmandan mudofaalanish uchun SVCh pushka yaratilgan bo‘lib, kuchli relyativistik generator va ko‘zguli antennaga ega, shuningdek, boshqaruv tizimi va ma’lumotlar uzatuvchisi bor. U ZRK “Buk” shassisiga o‘rnatiladi. Dushmanning qurollari va pastdan uchuvchi havo ob’yektlarining radioelektron apparatlarini bo‘g‘adi.

Elektron soyabon

Kontaktsiz havo hujumidan mudofaa tizimi turli xalaqit beruvchi to‘lqinlarni ishlab chiqaradi. Murakkab va kuchli raqamli signal vositasida ular Yer atmosferasi va yaqin kosmosdagi nishonga, jangovar kallak, raketa va boshqa texnologik qurollarning tizimiga ta’sir ko‘rsatishga qodir. Natijada dushman apparaturasi mo‘ljalni yo‘qotadi, tizim ishdan chiqadi yoki nishonni urolmaydi.

Tovushsiz suvosti qayiqlari

“Varshavyanka” klassidagi dizel-elektrli submarinlarning tovushi bag‘oyat pastligi sabab “qora tuynuk” deb ataladi. Submarinlar 240 m chuqurlikkacha botishi va soatiga 20 uzel tezlikda yo‘l bosishi, dushman kemasini xufyona ta’qib qilishi mumkin. U rus flotidagi “Som” va “Paltus” suvosti qayiqlari o‘rniga keldi.

Жазоир учун чиқарилган 636М “Варшавянка” сувости қайиғи

Jazoir uchun chiqarilgan “Varshavyanka” suvosti qayig‘i

32 ming qurilmadan tashkil topgan tarmoq

“Angara” kompyuter tarmog‘ini alohida ta’kidlab o‘tmoq lozim. Zotan u yirik ma’lumotlar massivlariga ishlov beradi. Undan harbiy strategiya va tahlilchilik sohasida murakkab texnikani loyihalashtirishda foydalanilmoqchi. “Angara” hisoblash tarmog‘i har xil 32 ming qurilmani birlashtira oladi. Bu ulkan hajmli ma’lumotlar bazasiga ishlov berish va o‘ta tezkorlik bilan qaror qabul qilish imkonini beradi.

Masofadan bo‘ron hosil qilish

“Bo‘ron generatori” (Thunder Generator) o‘ldirmaydigan qurol bo‘lib, Isroil armiyasida o‘n yildan ortiq vaqt mobaynida qo‘llab kelinadi. U avvaliga ekinlarni qushdan qo‘rish maqsadida yaratilgan bo‘lsa, so‘ngra odamlarga qarshi qo‘llana boshlandi. Generator impuls detonatsiyasi texnologiyasi yordamida katta tezlikda kuchli to‘lqin zarbasi yuboradi. Zarba 30 m naridagi odamga ta’sir qiladi, 3 metrdan esa jiddiy shikastlashi va kontuziyagacha olib borishi mumkin.

Ғазо секторидаги Исроил аскари. Israel Defense Forces / Flickr / CC BY-SA 2.0 фотоси

G‘azo sektoridagi Isroil askari. Israel Defense Forces / Flickr / CC BY-SA 2.0 fotosi

Markazdan qochma to‘p

AQShning Trinamic Technologies kompaniyasi DREAD nomli markazdan qochma to‘p (pushka) yaratdi. Bu qurol yordamida soniyasiga 120 ming marta otish mumkin. Unda markazdan qochma kuch qo‘llangan. DREADni sun’iy yo‘ldoshli platformaga o‘rnatish rejalashtirilyapti.

 Lazer nuri bilan urish

Boeing kompaniyasi 1 kVt quvvatli doimiy lazer nuri ishlab chiqaruvchi Laser Avenger nomli qurilma ustida ishlayapti. Uzoq masofadagi nishonga issiqlik yo‘naltirib, dronni urish yoki portlovchi modda detonatsiyasini faollashtirishga qodir.

Boeing YAL-1 экспериментал жанговар самолёт бўлиб, бортдаги кучли лазер воситасида душман объектларини йўқ қила олади. US Missile Defense Agency / Wikimedia / Public domain фотоси

Boeing YAL-1 eksperimental jangovar samolyot bo‘lib, bortdagi kuchli lazer vositasida dushman ob’yektlarini yo‘q qila oladi.
US Missile Defense Agency / Wikimedia / Public domain fotosi

Bundan tashqari kompaniya portlashning zarb to‘lqinini qaytaruvchi yoki yutuvchi plazmali kuch maydonini patentladi. Elektr, lazer va mikroto‘lqin nurlarini qo‘llagan qurilma portlashdan oldin plazma interferensiyasi maydonini yaratadi hamda u to‘lqin zarbining kinetik energiyasini yutadi.

Yo‘nalishini o‘zgartiruvchi o‘q

Amerikaning DARPA agentligi Exacto dasturi doirasida uchish mobaynida yo‘nalishini o‘zgartiradigan o‘q yaratish ustida izlanmoqda. 50-kalibrli patronga elektron boshqaruv o‘rnatilgach, u harakatlanuvchi nishonni ura oladi.

Арлингтондаги DARPAнинг штаб-квартираси. Nelson Pavlosky / Flickr / CC BY-SA 2.0

Arlingtondagi DARPAning shtab-kvartirasi. Nelson Pavlosky / Flickr / CC BY-SA 2.0

Radio orqali boshqariluvchi qo‘ng‘izlar

Agentlikning yana bir ixtirosi HI-MEMS (Hybrid Insect Micro-Electrical-Mechanical System) deb ataladi.  Unda qo‘ng‘izchaga elektron sxema implantatsiyalanadi. Qo‘ng‘iz ulg‘aygach, elektron sxema faollashadi va uni radio orqali boshqarish mumkin. Uning yordamida josuslik ishlarini olib borish yoki jang maydonini kuzatish mumkin.

Lazer nuri bilan urish

Dushmanni mo‘ljaldan adashtirish va ko‘rish qobiliyatidan vaqtincha mosuvo qilish uchun qo‘llanuvchi qurol. AQSh yaratgan bu vintovka insonni o‘ldirmaydi va qattiq shikast yetkazmaydi. “Insonparvar” qurol.

PHASR винтовкаси. Air Force Research Laboratory, Office of Public Affairs Photo / Wikimedia / Public Domain фотоси

PHASR vintovkasi. Air Force Research Laboratory, Office of Public Affairs Photo / Wikimedia / Public Domain fotosi

Portlash joyini hisobga oluvchi granata

XM25 CDTE granatometiga hisoblash bloki o‘rnatilgan bo‘lib, dushmanning qoq ustida portlashi uchun snaryadning uchish vaqti va masofasini avvaldan hisob-kitob qiladi. Yarim kmgacha masofadagi dushmanni yo‘q qilish mumkin.

АҚШ аскари XM25 CDTE гранатометини синамоқда. The U.S. Army / Wikimedia / Public Domain фотоси

AQSh askari XM25 CDTE granatometini sinamoqda. The U.S. Army / Wikimedia / Public Domain fotosi

Kvantli kamuflyaj

Niqoblanish uchun ko‘p turdagi liboslar ishlab chiqarilyapti. Eng g‘aroyib ixtirolardan biri kvantli kamuflyaj bo‘lib, u o‘zida nurni aks ettirmaydi, ya’ni ko‘rinmaydi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!