Eng zararli saytlar: bittasiga bir marta kirish avtomobilda 5 kilometr yo‘l bosishga teng!

  •   DiMaX
  •  1403
  •  21.04.2021 17:36

Eng zararli saytlar: bittasiga bir marta kirish avtomobilda 5 kilometr yo‘l bosishga teng!

USwitch energiya iste’molini taqqoslash platformasi tomonidan taqdim etilgan hisobotda 200 ta eng mashhur veb-sahifalarning uglerod izlari hisoblab chiqildi. Bunda xostingdan boshlab, shrift o‘lchami, tasvir, video va ranglar kabi saytning energiya samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘plab omillar hisobga olingan, deb yozadi Daryo nashri.

O‘QING: Eng asabni o‘ynovchi saytni yaratishdi – bir kirib ko‘rmaysizmi?

Shu bilan birga, saytlarning uglerod izlari tahlili davomida bulutli va telekommunikatsiya tarmoqlari, shuningdek, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari hamda qurilmalari tomonidan foydalaniladigan energiya ham inobatga olingan.

O‘rganishlar davomida yuzlab saytlar orasida sayyoraning ifloslanishiga eng ko‘p Reddit ko‘ngilochar sayti «hissa qo‘shayotgani» ma’lum bo‘ldi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, sayt foydalanuvchining tarmoqqa bir marta kirishi uchun 13,05 gramm karbonat angidrid ajratadi — bu avtomobilda 5 kilometr yo‘l bosishga teng!

Havoning ifloslanishiga yuqori darajada ta’sir ko‘rsatadigan saytlar orasidan 12,43 va 11,43 gramm karbonat angidrid ko‘rsatkichi bilan mos ravishda Pinterest ijtimoiy tarmog‘i va Nintendo o‘yin platformasi ham o‘rin olgan.

Wikipedia esa internet tarmog‘idagi eng toza veb-saytga aylangan. Internet-ensiklopediya foydalanuvchining bir marta sahifaga kirishiga 0,04 gramm karbon dioksidini ajratadi. Energiya samarador ijtimoiy tarmoqlar qatoridan Linkedln va H&M moda gigantining sayti o‘rin olgan.

Ma’lumot uchun, Reddit — ijtimoiy yangiliklar sayti bo‘lib, ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar u yerga o‘zlariga yoqqan ma’lumotlarni joylashtirishi mumkin. Mazkur ijtimoiy tarmoqqa 2005 yilning 23 iyunida Virgin universitetining bitiruvchilari Stiv Xaffman va Aleksis Ogayan tomonidan asos solingan. Reddit foydalanuvchilarining 54 foizini AQSh aholisi tashkil etadi.

O‘QING: Imtiyozli kredit olishingiz uchun maxsus sayt ishga tushdi!