Eng zararli smartfonlar o‘ntaligi (2019 yil fevral): birinchi o‘rinda – Xiaomi’ning ommabop modeli!

  •   DiMaX
  •  8754
  •  08.02.2019 17:55

Eng zararli smartfonlar o‘ntaligi (2019 yil fevral): birinchi o‘rinda – Xiaomi’ning ommabop modeli!

Mobil telefonlarning o‘zidan radiatsiya nuri taratishidan xabarimiz bor, ammo zarurat tufayli ularni ishlataveramiz. Har xil modellarda bu nurlanish darajasi turlicha.

O‘QING: Eng ko‘p radiatsiya nuri tarqatuvchi smartfonlar reytingi bilan tanishing! (2018 yil, sentyabr)

Statista tahlil kompaniyasi maxsus tadqiqot o‘tkazib, eng ko‘p nurlanish tarqatuvchi smartfonlar o‘ntaligini e’lon qildi. Unda smartfonlarning solishtirma yutilish koeffitsiyenti (Specific Absorption Rate, SAR) ko‘rsatkichlari aks ettirilgan. Mazkur tushunchalar haqida esa mana bu maqolamizda kengroq ma’lumot berilgan.

Turli mamlakatlarda SAR’ning xavfsiz darajasini aniqlovchi o‘z me’yorlari mavjud. Masalan, Yevropada uning eng yuqori chegarasi 2 Vt/kg bo‘lsa, AQSh va Janubiy Koreyada 1,6 Vt/kg qilib belgilangan.

O‘QING: Mobil telefonning zararini kamaytirish usullari

Buni qarangki, butun dunyoda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham ommalashib borayotgan Xiaomi kompaniyasining Mi A1 modeli radiatsiya tarqatish bo‘yicha eng zararli smartfon bo‘lib qolmoqda.

Guvohi bo‘layotganingizdek, Xiaomi Mi A1 smartfonining koeffitsiyenti 1,75 Vt/kg.ga teng, ikkinchi o‘rinni esa 1,63 Vt/kg.lik ko‘rsatkich bilan OnePlus 5T modeli band etgan. «Kuchli uchlik»ni esa 1,58 Vt/kg.lik natija bilan yana «xitoycha Apple»ning mahsuloti – Mi Max 3 «mobil kinoteatri» yakunlab bergan. To‘rtinchi o‘rinda yana «aslo qotmas» smartfonlar taqdim etuvchi kompaniyaning OnePlus 6T modeli – uning SAR ko‘rsatkichi 1,55 Vt/kg ekan.

Mazkur ro‘yxatda beshinchi o‘rindan boshlangan hamda bu reytingga kirmagan barcha smartfon modellari AQSh va Yevropa xavfsizlik talablariga javob beradi.

O‘QING: Qarshi oling: Terashop.uz’da «Bahoriy kayfiyat» aksiyasi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.