Eng zo‘r Android-flagmanlar TOP-o‘ntaligi (AnTuTu reytingi, 2020 yil dekabr)

  •   DiMaX
  •  1380
  •  06.01.2021 11:01

Eng zo‘r Android-flagmanlar TOP-o‘ntaligi (AnTuTu reytingi, 2020 yil dekabr)

AnTuTu benchmarki samaradorligi eng yuqori bo‘lgan smartfonlar reytingini yangiladi. Ro‘yxat mazkur servisda o‘tgan yilning so‘nggi oyi davomida o‘tkazilgan testlarning umumiy natijalariga asoslangan.

O‘QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (1-hafta)

Kutilganidek, Qualcomm kompaniyasining eng kuchli chipseti – Snapdragon 888 bazasidagi bozorda hozircha yagona flagman bo‘lib turgan Xiaomi Mi 11 modeli shohsupaga ko‘tarilgan. 708 425 ballik natijasi bilan u ikkinchi va uchinchi o‘rin sohiblari – Huawei Mate 40 Pro+ hamda Huawei Mate 40 Pro kamerofonlarini ancha ortda qoldirgan. Kirin 9000 protsessorli ushbu ikki flagman tegishlicha 702 819 va 686 408 ball olgan.

Keyingi o‘rinlarni tegishlicha quyidagi smartfonlar egallagan:

  1. Xiaomi Mi 10 Ultra – Snapdragon 865 protsessorli, 667 006 ball;
  2. Xiaomi Redmi K30S – Snapdragon 865 protsessorli, 666 490 ball;
  3. Vivo iQOO 5 – Snapdragon 865 protsessorli, 665 604 ball;
  4. Vivo iQOO 5 Pro – Snapdragon 865 protsessorli, 664 998 ball;
  5. Vivo X50 Pro+ – Snapdragon 865 protsessorli, 663 383 ball;
  6. Huawei Mate 40 – Kirin 9000E protsessorli, 654 325 ball
  7. Vivo iQOO Neo 3 – Snapdragon 865 protsessorli, 648 012 ball.

O‘QING: Snapdragon 888 protsessorli eng arzon flagman – Redmi K40 Pro ilk suratda!

Ta’kidlash kerakki, yuqoridagi  reyting 2020 yilning 1 dan to 31 dekabrigacha bo‘lgan muddatda AnTuTu benchmarkida 1000 martadan oshiq tekshirilgan smartfonlarning natijalari asosida tuzilgan. Bunda har bir modelning eng yuqori natijasi emas, balki barcha tekshiruvlarda olgan ballarining o‘rtacha ko‘rsatkichi olingan.

E’tibor bersak, o‘tgan yilning so‘nggi oyi reytingida uchtagina ishlab chiqaruvchining mahsulotlari TOP-o‘ntalikka kiribdi. Xiaomi (hamda uning Redmi brendi) va Huawei kompaniyalarining (har birining uchtadan) flagmanlari eng yuqori natijalarni ko‘rsatgan bo‘lsa, Vivo (hamda uning iQOO brendi) smartfonlari eng ko‘p – to‘rtta o‘rinni band etgan.

Shunisi ham borki, hali rasman taqdim etilmagan iQOO 7 geymerofoni yaqinda bu servisda 752 935 ballik natija bilan rekord o‘rnatgan. Lekin kuni kecha...

O‘QING: AnTuTu’da taxt talashayotgan Mi 11 va iQOO 7 flagmanlarini bitta zarbada ag‘dargan yangi rekordchini qarshi oling!