Eng zo‘r Android smartfonlari ro‘yxati bilan tanishing (2019 yil, kuz)

Eng zo‘r Android smartfonlari ro‘yxati bilan tanishing (2019 yil, kuz)

Android mobillar turining o‘ta ko‘p ekanligi ushbu platformaning eng katta "plyus"idir. Ayni damda har qanday didga mos Android smartfonini topishingiz mumkin. Biroq muqobillarning ko‘pligidan o‘zingizga mos keluvchi qurilmani topish go‘yo somon ichidan igna qidirishga o‘xshaydi. Sizga bu borada ko‘maklashish uchun quyida hamyonboplardan tortib, yuqori toifa flagmanlargacha bo‘lgan eng yaxshi Android smartfonlari ro‘yxatini keltirib o‘tamiz.

OnePlus 7 Pro

OnePlus 7 Pro ayni damda xarid qilish uchun eng zo‘r variantlardan. Smartfon juda tez ishlaydi, korpus sifati a’lo darajada, 90Hz ekran esa animatsiya va (qo‘llab-quvvatlanuvchi) o‘yinlar bilan foydalanuvchi amaliyoti ajoyib bo‘lishini ta’minlaydi. 670 dollardan boshlanuvchi narxi bilan OP7 Pro savdosi 1 000 dollardan balandroq Samsung va Google flagmanlari savdosidan chaqqonroq hamdir.

Texnik jihatlari qatoriga Snapdragon 855 SoC, modeliga qarab 6/8/18GB operativ xotira, 128/256GB ichki xotira, 6,67" hajmli 90Hz yangilanish chastotasiga ega 1440p AMOLED ekran, 4 000 mA/soatli akkumulyator, 16 megapikselli korpusdan sizib chiquvchi old kameralar kiradi.

Google Pixel 3a va 3a XL

Google bir necha yillardan beri birinchi marta hamyonbop smartfonlar sota boshladi. Pixel 3a va 3a XL gadjetlari mos ravishda 399 va 479 dollarga sotiladi. Bu ikki qurilma flagmanlikka da’vo qilmasa-da, ko‘pgina texnik jihatlari bilan Pixel 3'ga o‘xshaganidan ko‘pchilik 3/3a/3 XL o‘rtasidagi farqni sezmasa kerak (faqat dizaynida tafovut bor).

Har ikki telefonda Snapdragon protsessori, 4GB RAM, 64GB ROM, audio jek (bu ham hozirgi kunda e’tibor beriladigan jihatlardan bo‘lib qoldi), Google Pay uchun NFC, orqaga o‘rnatilgan barmoq izi skaneri, 12.2MP orqa kamera, 8MP selfi kamera bor. Kichikroq modelga 5,6 dyuymli fispley, 3 000 mA/soat sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan bo‘lsa, XL 6" ekran va 3 700 mA/soat akkumulyatorga ega.

Samsung Galaxy Note 10

Samsung'ning hozirgi Note flagmanlari avvalgilaridek unikal emas; S seriya smartfonlari bilan Note'lar o‘rtasida ayni damdagi mavjud yagona farq S Pen'dir. Biroq bu eng so‘nggi model yomon degani emas, albatta. Galaxy Note 10 smartfonda bo‘lishi kerak bo‘lgan deyarli barcha jihatga ega. Yaxshi kamera kerakmi? Note 10'da bor. Suvga chidamlilik muhimmi? Bu ham bor. Katta akkumulyator bilan tezkor protsessor-chi, deysizmi? Muammo emas. Ammo, lekin, biroq audio jek mavjud emas.

Samsung Galaxy S10e

Samsung bu yil arzonroq flagman — Galaxy S10e taqdim qildi. Smartfonda Samsung'ning 900 dollardan qimmatroq narx toifasidagi mobillarida bor barcha jihat: Snapdragon 855 SoC, 12MP va 16MP o‘ta keng burchakli kamera, IP68 suvga chidamlilik darajasi, audio jek va Samsung Pay bor.

Galaxy S10'ga qaraganda ba’zi kamchiliklari ham bor, lekin ko‘pchilik yoki buni payqamaydi, yoki unchalik ham ahamiyat bermaydi. Masalan, S10e'da ekran rezolyusiyasi kichikroq (2280 x 1080), biroq displey HDR'li AMOLED paneldir. Telefoto kamera ham yo‘q, smartfon hajmi ham kichikroq (5,7 dyuym). S10e'da barmoq izi skaneri yon tomonda joylashgan, lekin S10/S10+ larning ekranosti datchigidan tezroq ishlaydi.

Asus Zenfone 6

Asus Zenfone 6'ni bu yilgi eng muvaffaqiyatli smartfonlardan biri deb ko‘rsatsak, xato bo‘lmas. Flagmanlarga xos jihatlarga ega bo‘lsa-da, ulardan bir necha yuz dollar arzonroq turuvchi ushbu qurilma OnePlus smartfonlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqib hisoblanadi. Narxi 499 dollar.

Texnik ma’lumotlariga to‘xtalsak. Zenfone 6 Snapdragon 855 protsessorida ishlaydi, 6/GB tezkor xotiraga ega. Doimiy xotira sig‘imi 64/256GB. SD uyasi ham bor. Akkumulyatori 5 000 mA/soat sig‘imga ega, audio jek ham o‘rnatilgan. Ekran esa 6,4“ 1080p IPS edge-to-edge displey. Displeyda selfi kamera uchun tirqish yo‘q. Selfi olmoqchi bo‘lsangiz, orqa kamera old kamera vazifasini bajarish uchun 180 gradusga buriladi.

Nokia 7.1

Aytish mumkinki, hozirda Nokia'ning eng yaxshi hamyonbop smartfoni Nokia 7.1 dir. Unda 1080p ekran, Snapdragon 636 SoC, qo‘shaloq orqa kamera, to‘lovlar uchun NFC, Type-C port va audio jek ham bor.

O‘QING: TOP-10: Dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotilgan smartfonlar reytingida kutilmagan yetakchi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!