Eng zo‘r buklamafonda desktop rejimi paydo bo‘ldi: Windows’dan qolishmaydi! (+video)

  •   DiMaX
  •  436
  •  08.05.2021 15:11

Eng zo‘r buklamafonda desktop rejimi paydo bo‘ldi: Windows’dan qolishmaydi! (+video)

Xiaomi kompaniyasi 30 martdagi mega-taqdimotida namoyish etgan buklama smartfon – Mi Mix Fold bir qator jihatlariga ko‘ra shu tur gadjetlardan ancha ustun. Jumladan, mazkur modelda mobil industriyada ilk bor suyuq linzali kamera qo‘llangan.

O‘QING: MIUI 13 proshivkasini oluvchi 80 xildagi Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlari ro‘yxati

Kompaniya kuni kecha Xiaomi Mi Mix Fold proshivkasini MIUI 12.0.10 versiyasiga yangiladi. Mazkur apdeyt bilan smartfon to‘laqonli desktop rejimiga, ya’ni uni xuddi kompyuter yoki noutbuklardagi kabi interfeysga ega bo‘ldi.

Smartfonini yangilab olgan ayrim foydalanuvchilar allaqachon uning yangi rejimda qanday ishlashini ko‘rsatuvchi videolarni ulasha boshlashgan. Shulardan birini quyida tomosha qilamiz:

O‘zingiz guvohi bo‘layotganingizdek, Mi Mix Fold desktop rejimida xuddi Windows kabi interfeysga ega: unda tanlangan ilovalar va sozlamalarni tezkor ochish uchun «Pusk» menyusining analogi ham bor. Topshiriqlar panelida eng tez-tez qo‘llanuvchi ilovalarning belgichalari hamda qidiruv tugmachasi mavjud. Smartfon akkumulyatorining quvvat darajasi haqidagi ma’lumot, sana va vaqt kabilar ham Windows operatsion tizimidagi kabi ishlangan.

Bir vaqtning o‘zida bir nechta ilova oynasini ochish, ularni ekran bo‘ylab istagancha siljitish va o‘lchamlarini o‘zgartirish mumkin. Parallel Windows funksiyasi ikkita ilovani ekranning teng yarmiga ajratgan holda ochish imkonini beradi.

Interfeysdagi o‘zgarishlardan tashqari, MIUI 12.0.10 versiyasi Xiaomi Mi Mix Fold smartfoniga 3D Surround Sound texnologiyasini ham olib kelgan.

O‘QING: ZTE bu flagmani bilan Xiaomi Mi 11 Ultra’ning «burnini yerga ishqalamoqchi»!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!