Eng zo‘r flagman va turli jihatlardan eng yaxshi hamyonbop smartfonlar («Roskachestvo» oltita reytingi, 2021 yil iyun)

  •   DiMaX
  •  2386
  •  23.06.2021 09:58

Eng zo‘r flagman va turli jihatlardan eng yaxshi hamyonbop smartfonlar («Roskachestvo» oltita reytingi, 2021 yil iyun)

Avvalroq biz «M.Video-Eldorado» kompaniyasi taqdim etgan, Rossiyada 2020 yili eng ommalashgan smartfonsozlar va modellar reytingini chiqargan edik. Keyin esa «Yandeks.Market» ham internet foydalanuvchilari eng ko‘p qiziqqan modellar top-o‘ntaligini taqdim etgan. Shuningdek...

O‘QING: Roskachestvo reytingi: eng zo‘r smartfon – bulturgi flagman, eng qimmati esa atigi 4-o‘rinda!

Rossiya Federatsiyasining sifat nazoratiga ixtisoslashgan «Roskachestvo» tashkiloti o‘zinng eng yaxshi smartfonlar reytingini yangiladi. Ro‘yxat 16 ta yangi model qo‘shilgan bo‘lib, reyting endi jami 167 rusumdagi smartfonni o‘z ichiga oldi.

Barcha parametrlari, narxi va sifati bo‘yicha eng zo‘r flagman sifatida Sony Xperia 5 II modeli reyting yetakchisi bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, yapon kompaniyasi o‘tgan yilning sentyabrida taqdim etgan ushbu smartfon bir nechta talablar inobatga olingangan holda yaratilgan: kameralar imkoniyati kengaytirilgan, o‘yin va boshqa mobil ilovalardagi yuqori ishchanlik, 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va hokazo.

O‘QING: Sony yangi quloqchin reklamasida 2022 yilgi flagman smartfonini ko‘rsatdi (uchta video)

Bundan tashqari, «Roskachestvo» alohida parametrlar bo‘yicha ham eng yaxshi smartfonlarning bir nechta reytinglarini e’lon qildi. Masalan, narxi 30 000 rublgacha (taxminan 412 AQSh dollarigacha) bo‘lgan modellar orasida eng zo‘rlari quyidagilardir:

Tashkilot xulosasiga ko‘ra, Poco F3 modeli 2021 yilning birinchi yarmida eng yaxshi hamyonbop telefondir. Biz eng ommabop smartfonlar reytinglaridan joy olib kelayotgan ushbu qurilmaning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan mana bu maqolamizda tanishtirganmiz. Bundan tashqari...

O‘QING: Flagman chipli yangi smartfon – Poco F3 GT rasmiy videotizeri chiqdi

Yaxshi kamerali hamyonbop smartfonlar reytingida ham Poco F3 yetakchi:

O‘rta narxli «avtonomlik monstrlari» reytingida esa Redmi brendi flagmani – Redmi Note 10 Pro birinchilikni qo‘lga kiritgan:

Geymerlar uchun eng zo‘r hamyonbop smartfon esa yana Poco brendi vakili – Poco X3 Pro modeli e’tirof etilgan:

O‘rta narx toifasidagi, katta ekranga ega smartfonlar reytingida ham Poco F3 yetakchi:

E’tibor bergan bo‘lsangiz, eng zo‘r flagmanlar reytingidan tashqari barcha reytinglarda Xiaomi kompaniyasining subbrendlari vakillari yetakchi.

O‘QING: Xiaomi smartfonlari narxlari bilan tanishamiz (2021 yil, iyun)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.