Eng zo‘r flagmanlarda eng keraksiz va hatto zararli bir funksiya bor!

  •   DiMaX
  •  1866
  •  13.04.2020 18:05

Eng zo‘r flagmanlarda eng keraksiz va hatto zararli bir funksiya bor!

Wccftech ekspertlari joriy yilda taqdim etilgan flagman smartfonlarning eng keraksiz funksiyasini ma’lum qilishdi. U allaqachon Samsung kompaniyasining Galaxy S20, Galaxy S20 Plus hamda Galaxy S20 Ultra flagmanlarida paydo bo‘lgan 8K-video suratga olish imkoniyatidir.

O‘QING: O‘ta qimmat Galaxy S20 Ultra’dan buni hech kim kutmagan edi!

Mish-mishlarga ko‘ra, ushbu funksiya Huawei, Xiaomi va boshqa xitoylik smartfonsozlarning navbatdagi flagmanlari kamerasiga ham joriy etiladi. Mutaxassislarga ko‘ra, bu umuman keraksiz imkoniyat bo‘lib, ishlab chiqaruvchilar marketologlar bosimi ostidagina bunga qo‘l urishmoqda.

Avvalo, 8K formatida tasvir uzatuvchi televizorlar hozirda faqat Yaponiyada keng tarqalmoqda. Boshqa mamlakatlarda 8K-televizorlar ulushi hatto 1 foizga ham bormaydi; chunki bunday qurilmalar qimmat va 8K formatidagi kontent kam.

Bundan tashqari, 8K formatida video suratga olish smartfonga katta yuklama soladi. Bu jarayonda mobil qurilmalar qizib ketadi, hattoki Samsung flagmanlari ham. Shu sababli ham ishlab chiqaruvchilar 8K-video olish vaqtini cheklashga majbur bo‘lishgan. Masalan, Galaxy S20 turkumidagi smartfonlarda atigi besh daqiqalik 8K-video olish mumkin. Lekin shu vaqtning o‘zi ham ularning kuchli qizib ketishiga yetarli bo‘ladi.

O‘QING: Redmi K30 Pro kamera imkoniyatlarini 2-3 baravar qimmat Mi 10 Pro, iPhone 11 Pro va Galaxy S20 Ultra bilan solishtiramiz! (ikkita video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!