Eng zo‘r hamyonbop – Galaxy M51 smartfoni FCC bazasida «qo‘lga tushdi»

  •   DiMaX
  •  2717
  •  05.08.2020 09:40

Eng zo‘r hamyonbop – Galaxy M51 smartfoni FCC bazasida «qo‘lga tushdi»

Galaxy M turkumiga Samsung kompaniyasining eng arzon smartfonlari kiradi. Lekin uning navbatdagi vakili ko‘p jihatlariga ko‘ra o‘rta narxli Galaxy A modellaridan qolishmaydigan bo‘lyapti.

O‘QING: 6,5" AMOLED displey, to‘rtta kamera va 6,000 mAs akkumulyatorga ega Samsung Galaxy M31s smartfoni taqdim qilindi

Aytish kerakki, Galaxy M51 modeli haqidagi dastlabki xabarlar yilning boshidayoq tarqalgan. Avvalroq esa uni Geekbench servisida sinab ham ko‘rishgan.

Endi bo‘lsa AQShning Federal aloqa komissiyasi – FCC ma’lumotlar bazasida Samsung Galaxy M51 modeli paydo bo‘ldi. Mazkur nufuzli tashkilot allaqachon AQSh hududida sotishga tayyor bo‘lgan gadjetlarnigina sertifikatlashini hisobga olsak, janubiy koreyalik gigant bu smartfonini tez orada taqdim etsa kerak.

Ushbu smartfonning uch modulli kameraga, undagi bosh sensor 64 megapiksellik aniqlikka ega ekanligi ma’lum. Galaxy M51 apparat ta’minoti asosini esa Snapdragon 675 yoki Snapdragon 710 protsessori tashkil etadi.

O‘QING: Galaxy M51 va Galaxy M31s arzon smartfonlari ham flagmancha xususiyatga ega bo‘lyapti

FCC bazasida qayd etilishicha, Galaxy M51 akkumulyatori 25 vattlik texnologiya bo‘yicha tezkor quvvatlana oladi.

Samsung bu modelini kuzning boshida (ayrim ma’lumotlarga ko‘ra – 4 sentyabr kuni) Hindistonda namoyish etishi kutilmoqda. Devaysning narxi hozircha noma’lum, lekin yuqoridagi texnik jihatlariga qaraganda, unchalik arzon bo‘lmasligi turgan gap.

O‘QING: O‘ta arzon Galaxy M01 Core smartfoni chiqdi: siz uni «taniysiz»!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!