Eng zo‘r o‘nta hamyonbop smartfon (AnTuTu global reytingi, 2020 yil aprel)

  •   DiMaX
  •  2912
  •  12.05.2020 09:35

Eng zo‘r o‘nta hamyonbop smartfon (AnTuTu global reytingi, 2020 yil aprel)

AnTuTu dasturchilari yaqinda aprel oyidagi xitoylik foydalanuvchilarning tekshiruvlari asosida hamyonbop smartfonlar reytingini e’lon qilishgandi. Endi esa navbat butun dunyo bo‘ylab mazkur benchmarkda tekshirilgan eng kuchli o‘rta narxli smartfonlarga keldi.

O‘QING: AnTuTu eng qudratli flagmanlar TOP-o‘ntaligini e’lon qildi (2020 yil aprel)

Xitoy reytingiga umuman kirmagan smartfon – Huawei kompaniyasining Nova 7i modeli global reytingda g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilgan. Kirin 810 protsessorli ushbu qurilma o‘rtacha 308 853 ballik natija ko‘rsatgan.

MediaTek Helio G90T protsessorli Redmi Note 8 Pro smartfoni 291 742 ball bilan ikkinchi o‘rinni egallagan. Kuchli uchlikni ayni shu protsessor bazasidagi Realme 6 modeli yakunlab bergan – 291 093 ball.

Nufuzli chipsoz – Qualcomm protsessorlariga asoslangan smartfonlar bu ro‘yxatda ham kuchli uchlikka kira olmagan, ammo qolgan barcha o‘rinlar aynan uning chipsetlari bazasidagi qurilmalarga tegishli.

Ko‘rib turganingizdek, 4 va 5-o‘rinlarni Snapdragon 720G protsessorli Realme 6 Pro (282 519 ball) hamda Redmi Note 9S (277 954 ball) band etgan. Keyingi pog‘onalardan joy olgan Realme X2 (270 995 ball), Xiaomi Mi 9T (265 032 ball), Samsung Galaxy A80 (264 952 ball), Samsung Galaxy A71 (264 860 ball) hamda Xiaomi Mi Note 10 (263 965 ball) smartfonlarining barchasi Snapdragon 730G protsessori bazasida yaratilgan.

O‘QING: Aprelda chiqqan Android-smartfonlardan qaysilari eng zo‘r? (Master Lu reytingi)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!