Eng zo‘r protsessorli eng arzon 5G-flagman mutlaq rekord o‘rnatdi!

  •   DiMaX
  •  2652
  •  30.04.2020 13:41

Eng zo‘r protsessorli eng arzon 5G-flagman mutlaq rekord o‘rnatdi!

Vivo o‘yinbop qurilmalarga moslashgan brendi ostidagi yangi – iQOO Neo 3 5G smartfonini bir hafta avval taqdim etgan edi. Kompaniya ushbu hamyonbop 5G-smartfonini «G‘alaba uchun tug‘ilgan» deya maqtaganicha bor ekan!

O‘QING: O‘rta narxli eng zo‘r o‘nta smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil mart)

Kecha – 29 aprel kuni JD.com, Tmall hamda Suning onlayn do‘konlari orqali sotila boshlagan iQOO Neo 3 modelining birinchi partiyasi tezda sotib tugatilgan. Yarim soatlik savdoda undan tushgan daromad 100 million yuan yoki 14 million dollardan oshgan va bu ko‘rsatkich iQOO brendi uchun mutlaq rekorddir.

Eslatib o‘tamiz, Qualcomm kompaniyasining Snapdragon 865 platformasi hozirda eng kuchli Android-protsessor hisoblandi. Unga asoslangan eng arzon smartfon esa yaqinlargacha Redmi K30 Pro flagmani edi. Tahlilchilar shu va uning Zoom Edition versiyasidan yaxshi smartfon bu yil chiqmaydi, deyishgan, ammo Vivo geymerofoni ularning prognozlarini chilparchin qildi!

iQOO Neo 3 modelining xususiyatlari bilan mana bu xabarimizda tanishish mumkin, Xiaomi esa bugunning o‘zida ikkita smartfon taqdim etyapti – bizni kuzatishda davom eting!

O‘QING: «Qoch yo‘ldan, Redmi!» – eng arzon, tag‘in NFC va 120 Gs ekranli, kvadrokamerali 5G-smartfon sotuvga chiqdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!