Eng zo‘r smartfonlar o‘ntaligi (AnTuTu reytingi, 2019 yil mart): yangi qirolni qarshi oling!

  •   DiMaX
  •  4794
  •  05.03.2019 14:09

Eng zo‘r smartfonlar o‘ntaligi (AnTuTu reytingi, 2019 yil mart): yangi qirolni qarshi oling!

AnTuTu jamoasi Android-smartfonlarning samaradorlik bo‘yicha navbatdagi reytingini e’lon qildi. Ro‘yxatga shu kungacha bozorga chiqqan, bevosita foydalanuvchilarning o‘zlari ushbu benchmarkda tekshirib ko‘rgan modellar qatnashgan.

O‘QING: Galaxy M20’ning AnTuTu’dagi ko‘rsatkichi bois Xiaomi yana Samsung’ni kalaka qildi

Esingizda bo‘lsa, Lenovo Z5 Pro GT flagmani va’da qilinganidan ham oshiq natija ko‘rsatib, AnTuTu’da mutlaq rekord o‘rnatgan edi. Biroq keyinchalik Xiaomi Mi 9 undan ham oshiq ko‘rsatkich namoyon etgandi. Xullasi kalom, «xitoycha Apple»ning yangi flagmani AnTuTu e’lon qilgan reytingda endi so‘zsiz g‘olib bo‘lib turibdi – 371 849 ball! Lenovo Z5 Pro GT 855 smartfoni 353 469 ball bilan ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, o‘tgan oydagi reyting g‘olibi – Nubia Red Magic Mars o‘yinbop smartfoni 320 763 ochko bilan kuchli uchlikni yakunlab bergan.

Eng zo‘r smartfonlar o‘ntaligi va ularning ballari bilan quyida to‘liq tanishib oling:

Guvohi bo‘layotganimizdek, xitoylik texnogigantning eng zo‘r flagmani – Huawei Mate 20 atigi to‘rtinchi o‘rinda. Ko‘rinib turibdiki, Snapdragon 855 protsessori Kirin 980 chipidan ustunligini namoyon etgan. Lekin Nubia Red Magic Mars nisbatan eski, ya’ni o‘tgan yilgi Snapdragon 845 chipi bazasida ishlasa-da, natijalari Kirin 980 protsessorli smartfondan baland!

Keyingi o‘rinlarni tegishlicha: Honor V20 (306 726 ball), Huawei Mate 20X (304 325 ball), Honor Magic 2 (301 442 ball), Asus ROG Phone (297 953 ball), Black Shark Helo (297 473 ball) hamda Xiaomi Mi 8 Pro (296 953 ball) smartfonlari band etishgan.

2019 yilning mart oyigacha eng zo‘r natijalar ko‘rsatgan smartfonlar ro‘yxatidan Xiaomi Mi 8 Pro modelining global proshivkali, 8/128 gigabayt xotirali variantini Terashop.uz internet-do‘konimizdan 4 299 000 so‘m evaziga sotib olish mumkin. Ayniqsa, shu kunlarda – aksiya doirasida bu xaridingiz yanada yoqimli va manfaatli bo‘ladi.

O‘QING: AnTuTu’ning yangi rekordchisi, tag‘in hamyonbop iQOO Monster geymerofoni taqdim etildi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!