Eng zo‘r SSD hamda qattiq disklar, shuningdek tashqi xotira saqlagichlari

  •   DiMaX
  •  2078
  •  11.05.2021 13:20

Eng zo‘r SSD hamda qattiq disklar, shuningdek tashqi xotira saqlagichlari

Biz yaqinda Master Lu benchmarki ma’lumoti asosida joriy yilning birinchi kvartali holatiga ko‘ra SSD-disklarning tezkorlik reytingini taqdim etgan edik. TechSpot nashri mutaxassislari esa har xil toifalardagi kompyuterlar uchun eng yaxshi SSD hamda qattiq disklar, shuningdek tashqi saqlagichlarni e’lon qilishdi.

O‘QING: SSD yoki HDD? Agar kompyuterdan foydalansangiz albatta buni o‘qing!

Ishlash samaradorligi eng yuqori SSD sifatida ikkita variant e’tirof etilgan – Sabrent Rocket 4 Plus hamda Samsung 980 Pro. Bulardan birinchisida ma’lumot o‘qish tezligi 7100 MB/soniya, yozish tezligi esa 6600 MB/soniyaga teng. Shu sababli u mazkur industriyadagi iste’molchilarga mo‘ljallangan eng tezkor SSD-disk deb tan olingan, Samsung mahsuloti ham undan qolishmaydi.

Oddiy shaxsiy kompyuter foydalanuvchilari uchun eng yaxshi SSD-saqlagich sifatida WD Black SN750 modeli tavsiya etilgan. «Eng yaxshi qattiq disk» nominatsiyasida bo‘lsa Seagate IronWolf NAS e’tirof etilgan. Arzon modellarga kelsak, mutaxassislar Seagate Barracuda turkumini ma’qul ko‘rishmoqda.

Tashqi xotira SSD-saqlagichlari orasida zo‘ri deya Samsung T7 Touch tan olingan, unga Crucial X8 muqobil bo‘la oladi. Shuningdek, ekspertlar SanDisk Extreme Portable SSD ham chakki emas, deyishmoqda. Kimga tezlik kerak bo‘lsa, bu borada SanDisk Extreme Pro modelini tanlagani ma’qul.

Qattiq diskli tashqi xotira saqlagichi masalasiga kelsak, Western Digital My Book USB3 eng yaxshisi ekan. Shuningdek, mutaxassislar eng ma’qul uy tarmoq saqlagichi (NAS) borasida Synology DS220+ 2-bay USB3 modelini tavsiya etishgan.

O‘QING: Kompyuter qotib qolganda qaysi tugmalarni bosish kerak?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!