Epic Games afsonaviy o‘yinlar turkumini App Store’dan butkul olib tashladi

  •   DiMaX
  •  651
  •  11.12.2018 16:05

Epic Games afsonaviy o‘yinlar turkumini App Store’dan butkul olib tashladi

Bir qator ommabop mahsulotlari bilan mashhur bo‘lgan Epic Games kompaniyasi o‘zining Epic Blade trilogiyasiga mansub o‘yinlarni App Store ilovalar katalogidan olib tashladi. Ulardan so‘nggisi – Infinity Blade III o‘yini 2013 yili taqdim etilgan bo‘lib, mazkur seriyaning tugatilishi o‘shandayoq e’lon qilingan edi.

O‘QING: Fortnite, Minecraft va yana uchtasi: eng zo‘r o‘yinlar endi smartfonlarda

Infinity Blade o‘yinlarini kerakli sifat darajasida ushlab turish dasturchilar jamoasiga tobora qiyinchiliklar tug‘dirib kelayotgan ekan. Buni Epic Games geymerlarga qarata e’lon qilingan rasmiy murojaatida ta’kidlagan.

App Store’da hozirda oddiy qidiruv orqali Infinity Blade o‘yinlarini izlasangiz, natija bermaydi. Ammo bu o‘yinni avval o‘rnatgan va o‘chirib tashlagan bo‘lsangiz, xaridlar tarixi orqali uni topib, qaytadan o‘rnatishingiz mumkin. O‘yinlarda ichki kontent xaridlari ham allaqachon o‘chirilgan.

Aytib o‘tish o‘rinliki, iPhone uchun ilk Infinity Blade o‘yini 2010 yili taqdim etilgan. 2012 yili esa Apple kompaniyasi iPad 3 namoyishida planshet imkoniyatlarini Infintiy Blade: Dungeons misolida ko‘rsatib bergan. 2013 yilning sentyabrida – iPhone 5s taqdimotida esa Infinity Blade III ham namoyish etilgan. Mazkur o‘yin o‘sha paytda eng ilg‘or bo‘lgan A7 protsessorining va undagi PowerVR G6430 videochipining potensialini namoyon etib bergan edi.

O‘QING: The Game Awards 2018: o‘yinlar olamida yilning eng zo‘rlari taqdirlandi