Epic Games avjiga chiqdi: Yangi yil arafasida u naq 15 ta o‘yinni bepul beryapti!

  •   DiMaX
  •  1770
  •  12.12.2020 11:23

Epic Games avjiga chiqdi: Yangi yil arafasida u naq 15 ta o‘yinni bepul beryapti!

Har hafta so‘ngida bitta-ikkitadan o‘yinni butkul tekinga tarqatayotgan Epic Games kompaniyasining bu gal saxiyligi tutdi. Yangi yil bayrami oldidan u bir qator o‘yinlarga chegirmalar taqdim etish bilan birga, o‘n beshta o‘yinni bepul berishini e’lon qildi.

O‘QING: The Game Awards 2020: yilning eng zo‘r o‘yinlari bilan tanishing! (+video)

Kompaniya shu yilning 17 dekabridan o‘zining Epic Games Store do‘konida ayrim o‘yinlarga 75 foizgacha boruvchi chegirmalar beradi. Shu bilan birga, o‘sha sanadan boshlab u har kuni bittadan – jami 15 ta o‘yinni teppa-tekinga tarqatadi!

Ushbu aksiyada qaysi o‘yinlar ishtirok etishini Epic Games hozirda sir tutmoqda. Ularni olish usuli doimgidek: do‘kon saytidagi tegishli sahifaga o‘tib, bepul tarqatilayotgan o‘yinni olib qo‘yasiz va shu bilan u bir umrga kutubxonangizda saqlanib qoladi. Ya’ni, aksiya tugaganidan keyin ham uni istagancha o‘ynay olasiz.

Aksiya boshlanadigan kun – 17 dekabrgacha esa Epic Games Store do‘konida ikkita RPG-o‘yinni teppa-tekinga tarqatishyapti. Ya’ni, Pillars of Eternity o‘yinini ushbu havola, Tyranny o‘yinini esa mana bu havola orqali bepul va bir umrga olib qo‘yishingiz mumkin.

O‘QING: 2020 yilning eng zo‘r Android-o‘yinlari (Google Play talqini)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!